//

Asosiy/ Salatlar/ Lavlagidan salat tayyorlash

Lavlagidan salat tayyorlash

Qizil lavlagi va yong'oqdan tayyorlangan salat

Juda oddiy va oson tayyorlaniladigan bu salat mazali bo'lib, ta'mi hammaga birdek yoqishi aniq.

Bu salat uchun qizil lavlagini qaynatish ham mumkin, ammo pishirilgan lavlagida vitaminlar ko'proq saqlanib qolinadi, ta'mi ham yanada mazaliroq chiqadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so'm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

400 gramm qizil lavlagi

3 osh qoshiq qaymoq yoki smetana

60 gramm tozalangan yong'oq

2 osh qoshiq mayonez

1-2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi

ta'bga qarab tuz va murch

Qadam 1

Qizil lavlagini zar qog'oz (folga)ga o'rab olamiz va gaz pechiga qo'yib, 190 C darajada 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 2

Lavlagini sovutib, po'stini archamiz va qorg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 3

Ustidan maydalangan sarimsoqpiyoz, ozroq maydalangan yong'oq solib aralashtirib olamiz.

Tavsiya: yong'oqni juda maudalab yubormang, biroz kattaroq bo'lsa, salat yanada mazaliroq chiqadi.

Qadam 4

Ustidan smetana va mayonezni solamiz, tuz va murch sepib aralashtirib olamiz. Ustiga yong'oqdan sepib bezatamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!



O'xshash maqolalar