Asosiy/ Salatlar/ Kinoa va qovoqli salat tayyorlash

Kinoa va qovoqli salat

Kinoa va qovoqli salat

Bunday noodatiy salat sizga yangicha ta'mlarni ochib berish bilan birga organizmni foydali moddalar bilan ham ta'minlaydi. Sizlarni yangi mahsulotlar va ajoyib retseptlar bilan tanishtirishda davom etamiz. E'tiboringizni kinoa yormasiga qaratishingizni so'raymiz: bu juda foydali mahsulot bo'lib, rukkola, piyoz va nordongina olma bilan siz tasavvur ham qila olmaydigan ajoyib ta'mni beradi.
Bir kishilik yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 143,25 kKal bo'lib, oqsillar - 4,31 gr, uglevodlar - 25,6 gr, yog'lar - 2,81 gr ni tashkil etadi.
Masalliqlar:
200 gramm qovoq
30 gramm yashil olma
80 gramm "kinoa" yormasi
50 gramm rukkola ko'kati
30 gramm finik (eron xurmosi)
10 gramm qizil piyoz
bir nechta shoxcha kashnich
bir nechta shoxcha petrushka
10 gramm kedr yong'og'i
10 gramm qovoq danagi
Aralashmasiga:
30 gramm finik (eron xurmosi)
1 choy qoshiq zaytun moyi
1/2 choy qoshiq olma sirkasi
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Qovoqni bo'laklarga bo'lamiz va 180-210 C darajada 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 2
Kinoani qaynatib olamiz
Suvni qaynatib olamiz va yormani solib, 15 daqiqa qaynatib pishiramiz. So'ng dokaro'molga yoki g'alvirga solib, 15 daqiqa suvi oqib ketishi uchun qoldiramiz.
Qadam 3
Aralashmasini tayyorlaymiz
Xurmoli aralashmaga xurmolarni solamiz, ustidan sarimsoqpiyoz tishchasi, 100 gr pishgan qovoqni to'g'rab solamiz, tuz, murch sepamiz, zaytun yog'i va olma sirkasini quyamiz. Blenderda ezib maydalab olamiz.
Qadam 4
Olmani mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz, petrushka, kashnich va qizil piyozni maydalab hammasini kinoaga solib, aralashtirib olamiz.
Qadam 5
Likopchaga kinoali aralashmadan solamiz, ustidan finikli aralashmadan quyamiz, istini rukkola, qovoq urug'chalari va kedr yong'oqlari bilan bezatamiz. Ta'bga qarab, tuz, murch va zaytun yog'idan sepamiz.
Yoqimli ishtaha!



O'xshash maqolalar