Asosiy/ Salatlar/ Gruzincha tuzlangan karam salati retsepti

Gruzincha tuzlangan karam

Gruzincha tuzlangan karam

Gruzincha tuzlangan karam


Bu juda ham mazali va foydali. Vitaminlarga boy. Quyuq taomlar uchun ajoyib qo'shimcha. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 3 kg karam
  • 1-2 dona lavlagi
  • 1-2 dona sarimsoq boshi
  • Achchiq qalampir
  • Ukrop yoki selserey
  • 3 osh qoshiq tuz
  • 1 osh qoshiq shakar
  • 2-3 dona lavr bargi

Tayyorlash usuli:
1. Karamni ikki qismga bo'ling, so'ng, har bir karam qismini 4 qismga bo'ling. Karamni shunday kesingki, kesilgan karam qismlari sochilib ketmasing.
Gruzincha tuzlangan karam2. Lavlagini tozalang va o'rtacha qalinlikda, yumaloq shaklda kesing.
Gruzincha tuzlangan karam3. Karam tuzlanadigan idishga lavlagi va karamni qator ketma-ketlikda soling.
Gruzincha tuzlangan karam4. Sarimsoq donachasi, ko'kat va qalampirdan soling.
Gruzincha tuzlangan karam5. Lavr bargi va tuz seping. Kastryulkaga 2 litr suv quying. Tuz, shakar va lavr bargi soling. Olovga qo'ying va qaynating. Issiq marinadni karam va lavlagi ustidan quying.
Gruzincha tuzlangan karam6. Karam ustini lagancha bilan bostirib yoping. Ustiga og'ir vaznda narsa qo'ying. 5-7 kun xona haroratida saqlang. Belgilangan vaqt o'tib, karamni olib muzlatgichga qo'ying.

7. Karamni dasturxonga tortishdan avval o'simlik yog'i bilan seping. Dasturxonga torting.
Gruzincha tuzlangan karamYoqimli ishtaxa!

O'xshash maqolalar