yandex metrika
Salatlar

Go'shtli koreyscha salat

Go'shtli koreyscha salat
Go'shtli koreyscha salat


Juda ham mazali salat! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!

Kerakli masalliqlar:

  • 2 dona bodring
  • 1 dona qizil bulg'oq qalampiri
  • 400 gramm mol go'shti
  • 1 choy qoshiq qizil achchiq qalampir
  • 3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 choy qoshiq koriandr kukuni
  • 3-4 osh qoshiq soya sousi
  • 2 osh qoshiq 5 % sirka
  • 1 dona piyoz
  • 1/2 choy qoshiq shakar
  • 2 dona sarimsoq donachasi
  • 1 choy qoshiq tuz
Tayyorlash usuli:
1. Bodringni boshki qismlarini kesib oling, 2 yoki 3 qismga bo'ling. So'ng, yana 3-4 qismga kesing.
Go'shtli koreyscha salat2. Oshxona tog'orachasiga solib, tuz seping va 15-20 daqiqaga chetga olib qo'ying.
Go'shtli koreyscha salat3. Mol go'shtini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang.
Go'shtli koreyscha salat4. Tozalangan piyozni yarim halqa shaklida to'rg'ang.
Go'shtli koreyscha salat5. Bodringlarni ozgina siqib, ajralgan sharbatini to'kib tashlang. Qizil qalampir, koriandr, maydalangan sarimsoq va shakarni soling.
Go'shtli koreyscha salat6. Tovada qizdirilgan yog'da go'shtni solib, baland olovda qovuring. Go'shtdan suv ajralishni boshlashi bilan piyozni soling, 1 daqiqa davomida qovuring. So'ng, soya sousini quying va yana 1-2 daqiqa davomida qovuring.
Go'shtli koreyscha salat7. Belgilangan vaqt o'tib, tayyorlangan issiq go'shtni bodring ustidan quying.
Go'shtli koreyscha salat8. Bulg'or qalampirini yupqa, somoncha shaklda to'rg'ang va bodring ustiga soling. Sirkani aylantirib quying va 5 daqiqadan so'ng aralashtiring. Salatni butunlay sovuting.
Go'shtli koreyscha salat9. Tayyor va mazali salatni dasturxonga torting.
Go'shtli koreyscha salat
Go'shtli koreyscha salat
Yoqimli ishtaxa!