Asosiy/ Salatlar/ Go'sht va baliqdan salat tayyorlash

GO'ShT VA BALIQLARDAN SALAT TAYYORLASh TEXNIKASI

GO'ShT VA BALIQLARDAN SALAT

Qovurilgan yoki qaynatilgan go'sht salatda bo'lakchali, qalamcha, qush tili shaklida to'g'ralgan holda ishlatiladi. Go'sht va baliq aralash salat- larda ishlatiladi.

Parranda go'shtidan salatlarda qovurilgan, qaynatilgan va dimlangan holda foydalanish mumkin. Uni suyaklardan tozalab, katta yoki kichik bo'laklarga bo'lish mumkin.

Seld suvda, sutda va achchiq choyda ivitiladi. Seld filesi sutda ivitilgan bo'lsa, nafis ta'mli, ko'rinishi chiroyli bo'ladi. File quyidagicha ajratiladi: birinchi navbatda boshi, dumi, qorin bo'ylab ozgina qismi bir oz kesiladi, ichki a'zolaridan tozalanib yuviladi. So'ngra boshi va dumi terisidan tozalanadi.

Pichoq bilan file gardanidan dumi bo'ylab ajratiladi. Boshqa baliqlar shu usulda tozalanadi. Salatlarni tayyorlashda ko'pincha kamtuzli baliqlardan foydalaniladi. Baliqlar turli ziravorli suvda qaynatiladi.

Konservalangan baliqlardan ham salat tayyorlashda foydalaniladi. Baliq salat- lariga qayla (sous) qo'shilsa, kuchli ta'm beradi. Qayla o'simlik yog'idan, gorchitsa, uksus, tomat qaylasidan iborat bo'ladi.



O'xshash maqolalar