Asosiy/ Salatlar/ Bodring va yashil no'xat bilan salat

Bodring va yashil no'xat solib tayyorlaniladigan tovuqli salat

Bodring va yashil no'xat solib tayyorlaniladigan tovuqli salat

Ba'zan taomning o'rniga mazali bir salatdan tanovvul qilishni istab qolamiz.$cut$ Lekin bunda har doim qiyin salatlar xayolga keladi.
Hozirgi salatimiz ko'p masalliqlarni talab qilmaydi va tayyorlash jarayoni ham qiyinchilik tug'dirmaydi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 16 000 so'm pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
300 gramm bodring
150 gramm konservalangan yashil no'xot
60 gramm salat bargi
1 bog' shivit
Aralashmasiga:
30 gramm qaymoq
70 gramm kefir
yarim choy qoshiq limon sharbati
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Qaynatilgan tovuq qgo'shtini katta-katta to'g'rab, idishga solamiz.
Qadam 2
Salat bargini qo'lda bo'lib olamiz, bodringni parrak, shivitni yupqa qilib to'g'raymiz va idishga solamiz.
Qadam 3
Konservalangan yashil no'xatlarni ustidan solamiz.
Qadam 4
Qaymoq, kefir, limon sharbati, tuz va murchni kosaga solib, yaxhsilab aralashtiramiz va bu aralashmani salatga solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Tayyor salatni darhol dasturxonga tortib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar