//

Asosiy/ Salatlar/ Baqlajon salat tayyorlash

Baqlajon salat

Kerakli masalliqlar:

      • 1dona katta baqlajon (500gr)
      • 2dona tuhum
      • 1 dona katta bulg´or qalampiri
      • 1 dona katta pomidor
      • 2 dona piyoz
      • 1 dona sabzi
      • 150 gram go´sht
      • 2-3 bo´lak sarimsoq
      • ko´katlar
      • 50-70 ml o´simlik yog´i
      • tuz, murch
      • 2 osh qoshiq soya sousi
      • 1 dona katta bodring

Tuhumni alohida idishga solib ozroq tuz bilan aralashtirib olamiz.

Skavarodkaga solib quymoqlar pishirib olamiz. Go´shtni ingichka bo´laklar qilib to´g´rab olamiz.

Soya sous solib aralashiramiz. Skavarodkaga ozgina 1-2 osh qoshir yog´solib qovurib pishirib olamiz.

Piyoz va sabzi somoncha qilib to´g´rab olamiz.Bulg´or qalampirini katta to´rtburchak qilib to´g´raymiz.

Skavarodkaga 2-3 osh qoshiq yog´solib avval piyozni qovurib olamiz. Qaatiq qovurish shart emas yumshasa etarli. Ketidan sabzi va bulg´or qalmpirini solib engil qovurib olamiz. Ta´bga ko´ra tuz va murch sepamiz.

Usidan mayda to´g´ralgan sarimsoq piyozni solib aralashtiramiz. Endi pomidor bodringni somoncha qilib to´g´raymiz.

Tuhumli quymoqlarni ham somoncha qilib to´g´raymiz. Ko´katlarni ham maydalab olamiz. Endi barcha pishgan mahsulotlarni pomidor va bodring bilan aralashtiramiz.

Tayyor salatni tarelkaga solib ustidan kunjut sepamiz.

Salatimiz tayyor! Tayyor salatni muzlatgichda kami 1-2 soat qo´yib qo´shishimiz kerak. Salatimiz sovuq holatida yanada mazali bo´ladi. Tayyorlab ko´ring afsus qilmaysiz. Ushbu salat bilan bemalol mehmonlarni kutib olishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar