Asosiy/ Salatlar/ Baqlajon ikra tayyorlash

Baqlajon ikra

Kerakli masalliqlar:

      • 3 dona katta baqlajon
      • 1,5 kg pomidor
      • 4 dona piyoz
      • 4 dona zangor bulg'ori( Hohishga'ra hohlagan turdagisini ishlatsa bo'ladi)
      • 3 dona katta sabzi
      • 2 dona achiq qalampir(hohishga ko'ra)
      • 5-6 dona sarimsoq piyoz
      • ukrop
      • 1 piyola olivkiy yog'
      • tuz

Barcha mahsulotlarni yuvib olamiz. Baqlajonni 6 qismga bo'lib chiqamiz. Pomidorni butunligicha listga teramiz. Bulg'orilarni ham ikkiga bo'lib terib chiqamiz. Piyozni 4 qismga bo'lamiz. Sabzini parrak - parrak qilib kesib chiqamiz. Qalampirni butunicha qo'yamiz. Ustiga tuz va yog'solamiz- Duhofkada 250 darajada qizarguncha pishirib olamiz.

Pishgandan so´ng pomidorlarni po´stlog´ini olib maydalab chiqamiz. Qolgan mahsulotlarni ham mayda qilib maydalab olamiz. Maydalab bo´lgan mahsulotlarimizni ustiga ukrop va sarimsoqni maydalab qo´shamiz. Tuzini rostlaymiz va yahshilab aralashtiramiz.

Ikramiz tayyor! Judaham mazali ikramiz tayyor. Ushbu ikrani issiq holida ham sovuq holidaham tanovvul qilishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

O'xshash maqolalar