Asosiy/ Reproduktiv salomatlik/ Jinsiy aloqadan keyin qon ketishi

Jinsiy aloqadan keyin qon ketishi

Assalomu alaykum menda xayz vaqti tugadi lekin erim bilan aloqadan keyin orqa va old tarafdan qon keldi. Bu xolat 2-3 marotaba takrorlandi, qovuq qismi ogʻrib tez-tez xojatga qatnayabman. Xayz vaqti xam 6-7 kun davom etadi. 1 yildan beri farzandimiz yoʻq, xayz vaqtlarida koʻp xollarda birga boʻldik. Nima qilishini maslahat berasiz? Hozir xam shu muammodaman. Bu farzandli boʻlishga tasir qiladimi? Qanday yoʻl tutsam boʻladi? Oldindan rahmat.

Jinsiy aloqadan keyin qon kelishi kerak emas, bu patalogiyadan dalolat. Siz ginekolog koʻrigidan oʻting. Avval nima sababdan jinsiy aloqadan soʻng qonli ajralma kelganligini, 1 yildan beri homilador boʻlishga toʻsqinlik qilayotgan omilni topish keyin davolash lozim. Yozganingiz boʻyicha biror narsa deyish mushkul. Orqadan ham qon ketdi deganda orqa peshobni, anal teshikni nazarda tutgan boʻlsangiz, praktologga ham koʻrinishingiz kerak. Hayz koʻrish vaqtida jinsiy aloqaga kirishish tavsiya etilmaydi!

O'xshash maqolalar