Asosiy/ Qiziqarli faktlar/ Yurak haqida

Yurak haqida qiziqarli faktlar

yurak

- Inson yuragi sirlarga toʻla. Yoshi kattalarda u oʻrtacha 300 gramm boʻlsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm ogʻirlikka ega. Yaʼni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi;

- Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qoʻllaniladi - mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi oʻsha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;

- Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta boʻlsa, chaqaloqlarda bu koʻrsatkich 150 tagacha yetadi;

- Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;

- Inson oʻrtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq tushunish uchun bu 200 sisterna(vagon)ga teng;

- Yurakni quvvatlantirish, sogʻlom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon oʻz isbotini topgan. Masalan - kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.

O'xshash maqolalar