Asosiy/ Qiziqarli faktlar/ O'zga sayyoralik jasadi topildi

Qrimda o'zga sayyoralikning jasadi topildi

Bir guruh olimlar Qrimda qazish ishlari olib borish jarayonida o'zga sayyoralikning jasadiga to'qnash kelishibdi. Jasad o'rganib chiqilganda, eramizdan avvalgi birinchi, ikkinchi asrga tegishli ekani aniqlanibdi.
- Jasad bir yarim yashar bolaga tegishli, - dedi olimlardan biri. - Lekin bo'yi, mushaklari va boshqa a'zolariga nazar tashlansa, bir yarim yasharga sira o'xshamaydi...

Olimlar bu jihatini ham obdon o'rganib chiqishdi. Yana shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'sha davrlarda Qrim hududi Bosporlar podsholigiga tegishli bo'lgan. Podsholikda yashagan, xizmat qilgan har bir erkak, jangchi o'ta agressiv xarakterga ega bo'lgan. Shu sababli ham taxmin qilindiki, o'zga sayyoralikni aynan o'sha podsholik jangchilari shafqatsizlarcha o'ldirib, keyin dafn ham etishgan. Shafqatsizlarcha o'ldirish deganda, olimlar o'zga sayyoralikning bosh chanog'iga o'ldirishdan oldin o'ta jiddiy jarohat yetkazilganini nazarda tutgan. Shundan keyin ham ko'z ko'rib quloq eshitmagan qiynoqlarga solishgan.

Biroq boshqa bir olimlar guruhi bu fikrlarni qat'iy ravishda inkor etdi. Ularning aytishicha, suratdagi bu skelet o'zga sayyoralikka tegishli emas. U Bospor podsholigining yengilmas jangchilaridan biri bo'lgan. Asosiysi, Bospor podsholigi davridagi odamlarning boshi juda katta hajmda va cho'zinchoq bo'lgan. Jasadning shu jihati ham yuqoridagi fikrlarni tasdiqlab turibdi. Yana bir haqiqat shundan iboratki, o'zga sayyoraliklar tanasi odamlarnikidan butkul farqlanadi.

O'xshash maqolalar