Asosiy/ Psixolog maslahati/ Kun tartibi qanday bo'lishi kerak

Kun tartibi qanday bo'lishi kerak

Mutaxassislarning fikricha, ertalabki jismoniy mashg'ulotlarni soat 07:00 gacha rejalashtirgan ma'qul. Bu vaqtdagi mashqlar nonushtagacha yog' ajralmalarining ko'proq parchalanishiga imkon beradi. Eng qiyin ishlarni uyg'ongandan so'ng uch soat o'tib bajarish kerak (taxminan 09:45 larda diqqatni jamlash, ijodkorlik, xotira faolligi ko'rsatkichlari ortadi). Bir soatdan keyin stress holati paydo bo'la boshlaydi (ayniqsa mehnat haftasining boshida). Shuning uchun mutaxassislar 10:45 larda kichik tanaffus qilishni maslahat beradi.

Kun tartibi qanday bo'lishi kerak

Tushlikni 12:15 atrofida qilgan yaxshiroq. Tadqiqot natijalariga ko'ra 15:30 da odamning irodasi sustlashadi va biror narsa tamaddi qilishga xohish paydo bo'ladi. So'rovlardan ma'lum bo'lishicha, 39 foiz odam 15:00 dan so'ng parhezni buzadi.

22:10 larda uxlagani yotish ma'qul. Uyquga ketish uchun o'rtacha 20 daqiqa, chuqur uyqu bosqichiga o'tish uchun 90 daqiqa kerak bo'ladi. Jami uyqu davomiyligi 7-9 soat bo'lishi maqsadga muvofiq. 18 yoshdan kichik shaxslar esa 10 soatgacha uxlashi kerak.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz

O'xshash maqolalar