Asosiy/ Psixolog maslahati/ Boladagi qo'rquv hissini yengish

Qo'rquvni yengish uchun nima qilish kerak

Qo'rquvni yengish uchun nima qilish kerak? 12+
Javob juda oddiy: qochmaslik kerak. Inson uz qo'rquvini yengishi va unga xilof ravishda ta'lim olish uchun navbatdagi qadamini tashlashi kerak, keyin yana bir qadam, yana. U butunlay dahshatga tushgan bo'lishi, biroq to'xtamasligi kerak.
Qoida shunday. Va shunday kun keladiki, uning birinchi dushmani chekinadi. Inson o'ziga nisbatan ishonchni his qiladi. Uning intiluvchanligi mustahkamlanadi. O'rganish endi qo'rqinchli ish bulmay quyadi. Ana shu kun kelganda inson hech ikkilanmay o'zining azaliy dushmanini yenganligini aytishi mumkin.
Deyarli har bir kishi nimadandir qo'rqadi. Kasal bo'lish va ulishdan, pul yo'qotishdan, uni kimdir urishi yoki uldirishidan, sevimli kishisi tashlab ketishidan qo'rqadi.
Qo'rquv odamni doimiy taranglikda ushlab turadi, uning harakat qilishiga imkon bermaydi. Bu ham yetmaganday, qo'rquv haqidagi fikrlar doimiy ravishda miyada aylanib, tom ma'noda shunday vaziyatlarni tortib oladi. Odamga xavf tahdid qilganda uning qoniga ko'pgina gormonlar otilib chiqib, tomir urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarining qisqarishini kuchaytiradi, metabolizmni tezlashtiradi, mushaklarda taranglikni hosil qiladi.
Qo'rquvdan xalos bo'lmoqchi bo'lsangiz, ishonishni o'rganing. Bu dunyodagi hamma narsaga: o'zingizga, odamlarga, voqealarga ishonishni. Biroq birinchi navbatda o'z ichki kuchingizga ishonishni o'rganing.
Esda tuting - siz uz olamingizni o'zingiz yaratasiz. Bu olam -koinotdagi eng xavfsiz joy. O'z hayotingiz uchun javobgarlikni zimmangizga oling. Sizning olamingiz sizning fikrlaringizga bog'liq. O'zingizni koinotdagi eng himoyalangan mavjudot deb his qiling.
Urab turgan olamdan faqat yaxshilik kuting. Mana bu fikr ongingizdagi eng muhim fikrlardan biri bulsin:
Quyidagilarni takrorlab turing.
"Men uzimni yaratgan kuch bilan bir butunman. Men - xavf-xatardan butunlay xoliman. Men o'z ichki kuchimga ishonaman va ruhiy xotirjamlikka erishaman".
psixolog Zebo Xolboyeva tayyorladi
pmt.uz

O'xshash maqolalar