Asosiy/ Psixolog maslahati/ Art terapiya texnikasi: terapiya, asosiy va an'anaviy

Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun - art-terapiya

Bilasizmi, art-terapiya juda qo'plab ruhiy zo'riqish holatlarida insonlarga yaqindan yordam bera oladi. Biz Sizlarga aqliy va ruhiy holatni nazorat qilish uchun art-trapiyadan oddiy 13 usulni taqdim etamiz.
Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun - art-terapiya
    1. O'zingizni xotirjam sezmayotgan bo'lsangiz - qo'lingizga qog'oz oling va uni buklab turli shakllar yasang.
    1. Agar siz qat'iy qaror qilishga qiynalayotgan bo'lsangiz - qog'ozga to'lqin va aylana shaklini chizing.
    1. Nimanidir eslashga urunsangiz - labirint chizing.
    1. Tushkunlik kayfiyatida bo'lsangiz - yo'l rasmini tasvirlang.
    1. Kuch yig'moqchimisiz - peyzaj (tabiat tasviri)tasvirini chizing.
    1. Agar o'z his-tuyg'ularingizni tushunishni istasangiz - avtoportretingizni chizing.
    1. Agar zerikayotgan bo'lsangiz - qo'lingizga qog'oz oling va uni turli rangdagi gullar surati bilan to'ldiring.
    1. Agarda o'y-xayollaringizni bir tizimga solishga qiynalayotgan bo'lsangiz - turli katakchalar yoki kvadrat suratini chizing.
    1. Agar siz to'xtab qolgan, yana oldinga harakat qilishga kuch topmoqchi bo'lsangiz - burama chiziq (spiral) rasmini chizing.
    1. O'z istaklaringizni tartibga solishni istasangiz - kollaj tayyorlang.
    1. Agar kayfiyatingiz bo'lmasa, nimadandir xafa bo'lsangiz - kamalak suratini chizing.
    1. Agar siz maqsadlaringizni biror narsaga qaratmoqchi bo'lsangiz - to'r va nishon rasmini chizing.
    1. Agar nimadandir g'azablansangiz shunchaki uzun chiziq yoki turli naqshlar rasmini chizing.
Asablaringizni asrang!
Xurshida Husenova
soglom.uz


O'xshash maqolalar