Asosiy/ Pishiriqlar/ Tvorogli shokoladli pirog

Tvorogli shokoladli pirog

Agarda siz kundalik hayotingizni shokoladli shirinliklarsiz tasavvur qila olmasangiz, unda tvorogdan qilingan ko'ptokchalarga boy shokoladli pirogning retsepti ko'nglingizga manzur kelishi aniq.Tvorog va kakos aralashgan asos hamda serob shokoladli biskvitning uyg'unlashuvi bu pishirig'imizga takrorlanmas ta'm hadya etadi.

Agarda pirogimizni bodom yormasi yoki ingichka qotgan shokolad tolalari bilan bezatsak-bayramona desertimiz ham tayyor bo'ladi.

Pirogni tayyorlash uchun taxminan 20 000 so'm talab etiladi.

Masalliqlar:

  • Tvorogli ko'ptokchalar uchun:
  • 250 gramm 5-9 % li tvorog
  • 2 tuxum sarig'i
  • 60 gramm shakar
  • 50 gramm kokos qirindisi
  • 1 osh qoshiq kraxmal
  • shokoladli biskvit uchun:
  • 5 tuxum
  • 80 gramm shakar
  • 50 gramm eritilgan shokolad
  • 2 osh qoshiq bug'doy uni
  • 2 osh qoshiq kraxmal
  • 3 osh qoshiq kakao kukuni
  • bir chimdim tuz
  • 1 o'ram vanil shakari
  • 1 choy qoshiq qabartma

Tvorogli shokoladli pirog tayyorlash tartibi

  1. Tvorogni shakar, kokos, tuxum sarig'i va kraxmal bilan aralashtiramiz.
  2. Masalliqlarni bir massaga kelgunicha yaxshilab aralashtirib, kichik ko'ptokchalar yasab olamiz.
  3. Tuxumlarning oqini sarig'idan ajratib olamiz.
  4. Tuxum sarig'ini 50 garamm shakar va vanilin bilan to bir tekis, och rangli massaga aylangunicha ko'pirtiramiz. So'ng eritilgan shokoladni qo'shib aralashtiramiz.
  5. Elangan un, kraxmal, qabartma,kakao va tuzni shokoladli aralashmamizga qo'shamiz va yaxshilab atalaymiz.
  6. Alohida idishda tuxumlar oqini 30 gramm shakar bilan ko'pirtiramiz. Massamiz qattiq ko'pik holiga kelishi kerak.
  7. Tuxum oqini asta-sekinlik bilan shokoladli massamizga qo'shamiz. Qo'shish uchun qoshiqni tepadan pastga qilib harakatlantiramiz.
  8. 22 smlik qolipni yog'lab olamiz. Qolipning ichiga avval tvorogli ko'ptokchalarimizni taxlab chiqamiz, so'ng ustidan shokoladli aralashmamizni quyamiz.
  9. Biskvitni 180 darajada qizib turgan gaz pechiga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishiramiz. Pirog tayyor bo'lgach, yaxshilab sovutib olamiz va xohishga ko'ra ustidan shokoladli glazur quyamiz yoki bezatamiz.



O'xshash maqolalar