Asosiy/ Pishiriqlar/ Qulupnayli keks retsepti

Qulupnayli keks

Qulupnayli keks tayyorlash sirlari

Choy ichish uchun mazali keksning oddiy retsepti har bir uy bekasida bo’lishi kerak.

Va agar fantaziya qilishni istasangiz, pirojniyga quritilgan mevalar, rezavor mevalar yoki shokolad qo’shishingiz mumkin. Bugun biz sizga kefirdan tayyorlanadigan mazali qulupnayli keks tayyorlashni ko’rsatamiz.

Masalliqlar: 5 kishi uchun

    • 1.5 ta tuxum
    • 125 gramm shakar
    • 0.85 choy qoshiq vanil shakari
    • 150 millilitr kefir
    • 80 millilitr o'simlik yog'i
    • 200 gramm un
    • 8 gramm qabartma (razrixlitel)
    • 50-70 gramm qulupnay

 

Tayyorlanish tartibi

    1. Tuxumni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz.
    2. Ko'pirtirishda davom etgan holda kefir va o'simlik yog'i quyamiz.
    3. So'ngra un bilan qabartma solib, yaxshilab aralashtiramiz. Maslahat: xamirga ta'bga ko'ra rezavor mevalar yoki shokolad solib, aralashtirishingiz mumkin.
    4. 13*23 diametrga ega to'g'ri to'rtburchak shakliga ega qolipni pergament qog'ozi bilan qoplab, xamirni quyamiz.
    5. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.
    6. Pishgan keks ustiga qulupnay parraklarini qo'yib, shakar sepamiz va 10-15 daqiqaga gaz pechiga yuboramiz. Maslahat: keks pishganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.


O'xshash maqolalar