//

Asosiy/ Pishiriqlar/ Paxlava tayyorlash sirlari

PAXLAVA TAYYORLASH USULI

MASALLIQLAR

    • un - 3-4 stakan
    • shakar - 5 osh qoshiq
    • sariyog' - 30 gr
    • tuxum - 3 dona
    • asal - 200 ml
    • suv - 0,5 stakan
    • dolchin (koritsa) - 1 choy qoshiq
    • qatiq - 1 stakan
    • shakar upasi - 1 osh qoshiq
    • qavartma - 18 gr
    • mayiz - 100 gr
    • margarin - 250 gr
    • yong'oq - 2 stakan

TAYYORLASH USULI

Paxlava ko'pchilik mamlakatlarda milliy shirinlik hisoblanadi va o'zining xilma-xil tayyorlanish jarayoni bilan ko'pchilikni hayratga solib keladi. Mazkur shirinlikni tayyorlash bo'yicha har bir beka o'z retseptiga ega. Lekin sizga taqdim etilayotgan retsept alohida xushta'mga ega.

1-bosqich

Masalliqlar tayyorlab olinadi: xamir (tindirilgan bo'lishi lozim), yong'oq, asal, sariyog', shakar upasi, dolchin, suv, shakar hamda tuxum sarig'i.

2-bosqich

Nachinkani tayyorlash uchun blenderda (yoki go'shtqiymalagichda) yong'oq, mayiz, shakar upasi hamda dolchin maydalanadi. Bir nechta yirik yong'oq bo'laklari maydalanmay, chetga olib qo'yiladi.

3-bosqich

Xamir teng zuvalachalarga bo'lib chiqiladi (6-10 dona).

4-bosqich

Xamir ingichka qilib yoyiladi. Ozgina un sepib yoyilsa, xamir oson yoyiladi.

5-bosqich

Qolipga sariyog' surtiladi.

6-bosqich

Ehtiyotkorlik bilan qolip ostiga 2 dona yoyilgan xamir bo'lagi qo'yiladi va xamirning ustiga ham sariyog' surtiladi.

7-bosqich

Xamir ustiga nachinka surtiladi.

8-bosqich

Ketidan yana bir dona yoyilgan xamir bo'lagi qoplanadi va ustidan sariyog' surtiladi. Mazkur jarayon xamir bo'laklari va nachinka tugamagunga qadar takrorlanadi.

9-bosqich

Xamirning eng so'nggi yoyilgan zavalasi bilan pishiriq usti qoplanadi va ustiga tuxum sarig'i surtiladi. So'ngra faqat ustki qismidagi xamir pichoq bilan romb shaklida bo'laklanib, yong'oq bilan bezaladi. Pishiriq avvaldan 180 Sgacha qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishiriladi.

10-bosqich

Pishgandan so'ng ozgina sovigach, ustidan qiyom quyiladi.

Yoqimli ishtaha!!!




O'xshash maqolalar