Asosiy/ Pishiriqlar/ Malinali pirog

Malinali pirog tayyorlash

Malinali pirog - bu hamma yoqtirgan yozgi pishiriqdir. Pishgan, xushbo'y hidli malina va yumshoq xamir malinali pirogning asosi bo'lib, pishiriq istalgan dasturxonni bezaydi. Yozda ayniqa pishiqchilik vaqtida malinali pirog har kunimizni shirin o'tishiga yordam beradi. Qip-qizarib pishgan mevalarni bandidan uzib, mazali pirog tayyorlaymiz.

Kerak bo'ladigan masalliqlar

Malinali pirog uchun masalliqlar
Bug'doy uni 2,5 stakan
Shakar 1,5 stakan
Tuxum 3 dona
Osh sodasi 1/2 choy qoshiq
Uksus 1/2 choy qoshiq
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72% 200 gr.
Yaxlatilgan malinalar 400 gr.
Kartoshka kraxmali 1 choy qoshiq

Malinali pirogni tayyorlash jarayoni

  1. Tuxumni oqini sarig'idan ajratish kerak.
  2. Mikser yordamida xona haroratidagi bir quti margarinni, 2,5 stakan un va 3 ta tuxum sarig'ini yaxshilab aralashtiramiz. Xamirni cho'ziluvchan bo'lguncha arashtiriladi. Tayyor bo'lgan xamirning 1/3 qismini muzlatgichga olib qo'yamiz.
  3. Malinalarni suvda yuvib tashlab tozalaymiz. So'ng yarim stakan shakar solib aralashtiramiz.
  4. Tovani moylab, xamirni joylashtiramiz.
  5. 3 ta tuxum oqini 1 stakan shakar bilan yaxshilab urib aralashtiramiz.
  6. Mevalarni joylashtiramiz va ustidan kraxmal sepamiz.
  7. Mevalarga oqsilli kremni qo'shamiz.
  8. Qolgan xamirni qirg'ichdan chiqaramiz va pirog ustiga sepamiz.
  9. Pishiriqni 180 gradus haroratda qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishiramiz.


O'xshash maqolalar