Asosiy/ Pishiriqlar/ Asalli tort – Medovik

Asalli tort tayyorlash

Asalli tort - nafis asal ta'mli uyda tayyorlanadigan tort. Ko'pchilik bolalik chog'idan assali tortni yoqdiradi. Bu o'zining kam kaloriyalikligi va nafis asal ta'mi bilan farq qiladi. Assali tortni tayyorlash qiyin jarayon hisoblanadi. Lekin, natijada bayram dasturxoni uchun karamelli va asalli zo'r diseret tayyor bo'ladi.

Kerak bo'ladigan masalliqlar

Tort uchun masalliqlar
Bug'doy uni 3 stakan
Shakar 1 stakan
Tuxum 3 dona
Quyultirilgan sut 1 banka
Asal 3 osh qoshiq
Pishiriqlar uchun Oleo margarini 72% 200 gr.
Yong'oq ta'bga ko'ra
Osh sodasi (gashennaya) 2 choy qoshiq
Oleo Sutli o'simlikyog'i 82,5% 180 gr.

medovikni tayyorlash jarayoni

  1. 200gr margarinni eritib, 1 stakan shakar, 3 ta tuxum va 3 osh qoshiq asal bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Tayyor bo'lgan eritmani olovga qo'yib, kichik pufakchalar hosil bo'lguncha aralashtirib turiladi.
  3. Olovdan olinadi va 2 choy qoshiq o'ldirilgan osh sodasi solinadi.
  4. Yana olov ustida eritma ko'tarilgunga qadar qaynatiladi.
  5. Olovdan olib, 3 stakan un solinadi va xamir qoriladi. Tayyor bo'lgan xamirni 8 bo'lakka bo'lib, xamir sovub qolmasligi uchun sochiq bilan yopib qo'yiladi.
  6. Xamirlarni yoyib, pechda 3-5 daqiqa mobaynida qizargunga qadar pishiriladi.
  7. Pishirib olingan xamirlar bir sjakilga keltiriladi va krem surtiladi (1 banka quyultirilgan sut va bir quti Oleo Sutli o'simlik yog'ixona haroratida aralashtiriladi).
  8. Ortib qolgan xamirni maydalab, tort ustiga va yonlariga sepib chiqiladi.
  9. Ta'bga qarab yong'oq kukuni ham sepish mumkin.


O'xshash maqolalar