Asosiy/ Latifalar/ Sevishganlar haqida latifalar

Sevishganlar haqida latifalar

Yaxshi ko'rgan qizim bilan do'konga kirib narsa xarid qildim-da o'zimni ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lib, sotuvchiga:

- Qaytimi kerak emas! - desam, sotuvchi:

- Pulingiz kam chiqdi, to'xtang! - deb qolsa bo'ladimi...!

****************************************************************

Bir yigit sevgan qiziga sovg'a olgani do'konga borib, chiroyli qo'lqop sotib olibdi.

Sotuvchi qutiga qo'lpoqni o'rniga adashib ayollarning tungi ko'ylagini solib beribdi.

Yigit bir varroq qog'ozga ushbu so'zlarni yozib, qutini sevgan qizining uy manziliga jo'natib yuboribdi.

"Sevgilim! Sizga nima sovg'a berishni uzoq o'yladim. Vanihoyat, eng yaxshi sovg'a shu bo'lsa kerak degan umidda oldim. Uni do'kondagi siz tengi bir qizga kiydirib ko'rib, oldim. Bu sovg'amni kiyish va yechish juda oson ekan, o'zim ko'rdim..."

****************************************************************

Ikkita sevishgan talabalar oshxona yonidan o'tib borayotishsa, kabob hidi dimog'iga urilibdi. Shunda qiz chuqur nafas olib:

- Voy, mazzaligini... - desa, yigiti:

- Senga yoqdimi? - debdi.

Qiz:

- Ha, juda-yam, - desa, yigit:

- Yur, unda yana bir martta oldidan o'tamiz, - dermish.

****************************************************************

Qiz bilan yigit parkda ketayotsa, qiz to'satdan hushidan ketib qolibdi.

Yigit:

- Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa

Qiz asta ko'zini ochib:

- Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun'iy nafas berish kerak, - dermish.

****************************************************************

Bir yigit uylanmoqchi bo'lib, onasiga uchta qizni ko'rsatibdi-da, - Onajon, toping qaysi biri keliningiz?, - desa, onasi:

- O'rtadagisi, - debdi.

Yigit hayron bo'lib:

- Qayerdan bildingiz?, - desa, onasi:

- Shunisiga qarasam, asabim buzilyapti, - dermish.

****************************************************************

Yigit qizdan so'radi:

- Hozir qo'lingni ushlasam, nima qilasan?

- Bobomni chaqiraman.

- Kutilmaganda yuzingdan bo'sa olsam-chi?

- Bobomni chaqiraman.

- Nega endi "Bobomni chaqiraman", "Bobomni chaqiraman" deyaverasan?

- Chunki bobomning ikkala qulog'iyam kar.

****************************************************************

Yigitlar ko'zi bilan, qizlar esa qulog'i bilan sevadi.

Hozirgi zamon yigitlarini ko'zida ko'zoynak, qizlarni qulog'ida esa naushnik!

O'rtada bechora sevgi sarson...

****************************************************************

Tunda sevishganlar uchrashib tursa, qizni otasini ovozi kelibdi. Yigit nima qilishini bilmay, yonidagi daraxtga chiqib olibdi.

Otasi yaqin kelib:

- Yarim tunda nima qilyapsan? - desa, qizi:

- Hech nima. Oymomoni tomosha qilyapman, - debdi.

Otasi:

- O'sha oymomoga ayt, darvoza yoniga kelsin. Velosipedi qolib ketibdi. Olib ketadi, - degan ekan.

****************************************************************

Ikki sevishgan hiyobondagi o'rindiqda osmonga qarab o'tirishibdi. Birdan yigit debdi:

- Voy qara! Yulduz uchdi! Niyat qil!

Qiz:

- Sizga turmushga chiqsam deyman...!

Yigit:

- Iye!!! Qaytib orqasiga ketdi-ku?!



O'xshash maqolalar