Asosiy/ Latifalar/ Oila haqida latifalar

Oila haqida latifalar

To'ydan bir oy o'tgach kelin uyda qaynona-qaynotasi, hech kim yo'q fursatni kutib, kuyovni yoniga kelib debdi:

- Azizim, to'yimizdan avval menga e'tiborli edingiz. Sovg'alar olib berar edingiz, restoranlarga olib borar edingiz...

Endi bo'lsa, na kino yo'q, na ko'chaga chiqmayman, sovg'alardan umuman nom-nishon yo'q!<br>

Kuyov bo'lsa:

- Qiziqmisan!? Qaysi baliqchi qarmog'iga ilingan baliqni chuvalchang bilan boqib yurganini ko'rgansan? - degan ekan.

****************************************************************

- Oyijon, gaz plitamiz nega buncha kir bo'lib ketdi?

- Akang tuxum qovuribdi.

- Nima, akam tovani topolmabdilarmi?

****************************************************************

Go'zal qiz bilan tanishdim. Husniga hamma mahliyo bo'ladi. Lekin qarindoshlarim bilan tanishtiray deb, uyga olib borsam, ularga umuman yoqmadi.

Ayniqsa, xotinimga...

****************************************************************

Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.

Xudo ko'rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo'lsam...

****************************************************************

Ikki aka-uka uzoq masofani qay biri yaxshi ko'ra olishini sinash uchun bellashishibdi.

- Aka, hov anavi o'rmonning orqasidagi cho'lda bir chumoli ketayapti, - desa, akasi:

- Ha, ukajon. O'g'il bola chumoli degin, - dermish.

****************************************************************

Oila dasturxonidagi shirinliklar 2 turga bo'linadi:

1. Shirinlariga

2. Bunisini adamiz yesinlar!

****************************************************************

- Ha o'rtoq, kayfiyating yo'q?

- Ey, xotinim yana janjal qilyapti.

- Nega?

- To'rt yuz ming oylik yosh oilaga yetmaydi deydi.

- Tejab ishlatsa yetadi.

- Men ham shuni aytaman-da. U bo'lsa "Yetmaydi, siz ham ishlang" deyaveradi.

****************************************************************

Bir kuni yosh kelin o'zini xonasida dam olib yotgan ekan. Qaynonasining jahli chiqib, hovlida uxlab yotgan mushukni yoniga kelib "Uxlab yotaverasanmi?!" deb ura boshlabdi.

Bir payt shovqindan kelini uyg'onib chiqib, hovlida yurgan itni bir tepibdi.

Qaynonasi:

- Nega bechora itni tepasiz? - desa, kelin:

- Yo o'zi uxlamaydi vovullab, yo boshqalarni uxlatmaydi, - dermush.

****************************************************************

Yigit otasini mashinasini haydab ketyapti:

- Qalay ada, mashina haydashni o'rganibmanmi?

- Yo'l chetida turganchiroyli qizni ko'rdingmi?

- Yo'q, ko'rmadim.

- Unda hali o'rganmabsan!



O'xshash maqolalar