yandex metrika

Erkaklar haqida latifalar

Kechasi bir qiz arvohlardan qo'rqib qabriston oldidan o'tolmay turgan ekan, bir yigit kelib qolibdi.

Qiz:

- Jon aka, meni shu qabristondan o'tqazib qo'ying, - debdi.

Yigit: "Ho'b bo'ladi", deb qizni zeriktirmay latifalar aytib, kuldirib o'tqazib qo'yibdi. <br>

Qiz xursand bo'lib "siz ajoyib inson ekansiz", desa.

Yigit:

- Eh, siz mani tirikligimda ko'rganingizda edi, - dermish

****************************************************************

Ovchi yigit ovdan katta ayiq bilan qaytayotsa, qo'shnisi ko'rib qolib, so'rabdi:

- Hormang qo'shni! Ov zo'r bo'pti-ku!

- Ha, miltig'imda uch dona o'q bor edi. Birinchisini otdim, tegmadi. Ikkinchisini otdim tegmadi. Uchinchisi ham...

- Unda ayiqni qanday o'ldirdingiz?

- Ayiq meni miltiqdan otishimni ko'rib, kulaverib o'lib qoldi.

****************************************************************

Bir yigit ko'chadagi tilanchiga har kuni pul berib o'tar ekan. Kuni kelib o'sha yigit uylanibdi.

Tilanchiga pul bermay qo'yibdi. Oradan ozroq vaqt o'tib, tilanchi yigitni ko'rib qolibdi-da:

- Nima bo'ldi? Nega pul berib o'tmaydigan bo'lib ketding? - desa, yigit:

- Uylanib, ro'zg'ordan ortmay qoldi, - debdi.

Tilanchini jahli chiqib:

- Nima, oilangni mani hisobimdan boqasanmi?!?!

Ikkita kal odam bir-biri bilan janjallashmoqda:

- Seni boshing kal!

- Sen ham kalsan!

- Sen mendan kalroqsan!

- Qanaqasiga? Seni boshingda ham bir dona soch yo'q-ku!?

- Lekin seni boshing menikidan kattaroq!!!

****************************************************************

- Odnoklassnikiga kirib, o'zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.

Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o'tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.

Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O'zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?

****************************************************************

Er xotin kafeda o'tirsa. Bir qiz kelib erini bir o'pib, qaytib ketibdi.

Xotinini jahli chiqib:

- Kim u? Nimaga sizni o'padi?, - desa

- O'chir ovozingni! Hali unga ham tushuntirishim kerak seni kimligingni

****************************************************************

Bir yigit qo'shnisidan:

- Tug'ilgan kuning qachon?, - deb so'rabdi.

- May oyida. Nega so'rayapsan?

- Senga parda sovg'a qilmoqchiman. Derazangga osib qo'yasan. Xotining uyda nuqul ochiq-sochiq kiyinib yuradi.

- Men esa seni tug'ilgan kuningga binokl sovg'a qilaman. Ko'rgan ayoling, kim ekanini kuzatishing uchun...

****************************************************************

Ikki do'st suhbati:

- Nega xomushsan?

- Xotinimni ilon chaqib olgandi, o'lib qoldi, bechora. Rahmim kelyapti.

- Sen xotiningni yomon ko'rarding-ku! Nega achinyapsan?

- E-e-e... o'lgan xotinim emas, ilon-da!

****************************************************************

Sudya xotini cho'kib ketgan erkakni so'roq qilmoqda:

- Nega xotiningizni cho'kib ketayotganini bila turib, qutqarishga harakat qilmadingiz?

- Men uni cho'kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirar edi...