Asosiy/ Latifalar/ Er-xotin haqida latifalar

Er-xotin haqida latifalar

Dorixonaga bir ayol kirib debdi:

- Hurrakni to'xtatishim kerak, shunga dori bormi?

- Hurrakni o'zi kim otadi?

- Erim.

- Mana sizga 1 o'ram paxta!

- Paxtani boshimga uramanmi?

- Har kuni qulog'ingizga tiqib yotsangiz, hurrakni eshitmaysiz.

****************************************************************

Xotinining janjallaridan to'yib ketgan er ortiq bundan yashab bo'lmasligini tushunib yetibdi. "Bir nima qilishim kerak!" deb o'ylabdi-da, shartta derazani ochib tokchaga chiqibdi. 6-qavatdan pastga qarab tursa, xotini chiqib qolibdi:

- Nima qilyapsiz, adasi? - debdi xotini.

- Xayr xotin! Ortiq sen bilan yashay olmayman! Jonga tegdi! Hozir o'zimni shu yerdan tashlayman! - debdi eri.

Xotini yugurib oshxonaga kirib ketibdi. Zum o'tmay, qo'lida axlat chelak bilan chiqib debdi:

- Adasi shuni ham olib keting. Baribir pastga ketyapsiz-ku...!

****************************************************************

Badavlat odam uyga qaytib kelib, xotiniga debdi:

- Senga 2 ta yangiligim bor. Biri-yaxshi, ikkinchisi yomon!

- Mayli, yomonidan boshlayvering! - debdi xotini.

- Bugun kozinoda o'ynab, bor boyliklarimni yutqazib qo'ydim. Yaxshi yangiligimni eshit! O'sha kozinoni o'zi menga tegishli bo'lib chiqdi...

****************************************************************

Erim qafasdagi konoreykalarga don, suvdan tashqari olma, banan, qulupnay, qizil sabzi, qaynatilgan tuxum beradi. Yomg'ir yoqqanida qafasni issiqqina uyga olib kiradi. Havo yaxshi bo'lsa qafasni hovlining eng bahavo joyiga iladi.

Shu qushlarga aylanib qolgim kelyapti...!

****************************************************************

Bir erkak do'stiga debdi:- Kecha tungi klubda xotinimni bir mast odam bilan raqs tushayotganini ko'rdim.- Yoniga borib tarsaki tortib yubormadingmi?!- Qanaqasiga yoniga boraman? Axir men zarur ish bilan xizmat safariga ketganman-ku!?

****************************************************************

- Adasi, yana ovqat yeysizmi?

- Ha, albatta. Axir shuncha mehnatim ketgan.

- Qanaqa mehnat? Ovqatni men tayyorladim-ku?!

- Men xotin tanlashga deyapman.



O'xshash maqolalar