Ayollar haqida latifalar
Boyliklari behisob, o'ta badavlat qariya xizmatkoridan so'rabdi:
- Ayt-chi, nega yosh va chiroyli qizlar menga turmushga chiqishga bunchalik shoshilmasa?!
Xizmatkori:
- Eh... Ular aslida tezroq beva qolishga shoshilishmoqda!
*****************************************************************************
Bir xonadon qiziga ikkita yigitdan baravar sovchi kelibdi.
Yigitlardan birining onasi debdi:
- Qizingizni meni o'g'limga bering.
Ikkinchi yigitni onasi debdi:
- Yo'q, qizingizni meni o'g'limga bering.
Ikki yigitning onasi uzoq tortishibdi. Bundan charchab ketgan qizning otasi har ikkala qaynonaga debdi:
- Hozir qizimni olib chiqib ikkiga bo'lib tashlaymanda, bir qismini sizga, ikkinchisini esa sizga beraman!
Birinchi qaynona rozi bo'lib:
- To'g'ri! Shunday qilish kerak! - debdi.
Ikkinchi qaynona:
- Bu nima deganingiz?! Unday qilmang, axir qizda gunoh yo'q, - debdi.
Shunda qizning otasi:
- Bo'ldi qizimni birinchi yigitga beraman, - desa, ikkinchi yigitning onasi:
- Nega axir? U hozirgina sizni qizingizni ikkiga bo'lishga rozi edi-ku!? - desa, qizning otasi:
- Ana!!! Shu ayol qizimni haqiqiy qaynonasi ekan! Chunki qaynonalar har doim kelinini burdalab tashlashga tayyor turishadi, - dermish.
********************************************************************************
Bir ayol diyetolog vrachga qo'ng'iroq qilib debdi:
- Doktor, tez ozmasam bo'lmaydi. Juda-yam semirib ketganga o'xshayman.
- Nega unaqa deyapsiz? - so'rabdi vrach.
- Bugun gapiradigan tarozi sotib olgan edi. Uyga olib kelib unga chiqsam, tarozi menga "Shoshilmay, bittadan chiqinglar
********************************************************************************
Vodiydan Toshkentga birinchi martta mehmon bo'lib kelayotgan uch kampir mashinada dovon (pereval)dan o'tib kelayotishsa, haydovchini hazil qilgisi kelib qolibdi:
- Onaxonlar, hozir tepalikka, farishtalarga yaqin joyga chiqib boramiz. Kim-da kim choliga xiyonat qilgan bo'lsa, quloqlari bitib, hech narsani eshitmay qoladi, - debdi.
Kampirlarni quloqlari bitib qola boshlabdi. Shunda kampirlardan biri debdi:
- Juda ko'p xiyonat qilgan bo'lsa kar bo'lib qolmaydimi ishqilib?!
********************************************************************************
Selfiga tushgan ikki dugona suratga qarab turib, biri debdi:
- Voy, xunukligini qara! Bo'lmaydi! Qaytadan tushamiz!
Ikkinchisi:
- Sen yaxshi tushgansan! Meni qarasang-chi... - desa, dugonasi:
- Men shundoq ham sen haqingda gapiryapman, - dermish.
********************************************************************************
Turmushga chiqqan qiz onasiga norozi bo'lib shikoyat qilayotganmish:
- Oyi, erim bilan ortiq yashay olmayman!
- Nega?
- Uni tushuna olmayapman. Har doim tortishamiz, janjallashamiz. Erimni kamchiliklari juda ko'p!
- Qizim, sen olcha yeyishni yaxshi ko'rasanmi?
- Olcha? Ha, albatta. Lekin hozir buni nima aloqasi bor?
- Olchalarni yeganingda ichidagi danaklarini chiqarib tashlaysan-ku... Hayotda ham shunday qilgin. Olchani yegin-u, danagini olib tashlashni o'rgan!
********************************************************************************
Erining yomon odatlaridan to'yib ketgan xotin debdi:
"Sizni birinchi ko'rishimdayoq, butun umrimni sizsiz o'tkazishni istayotganimni his qilgandim".
********************************************************************************
- Oyijon suv olib keling.
- Borib o'zing olib kela olmaysanmi?!
- Oyi, suv deyapman!
- Hozir kaltak yeysan! Turgin-da, o'zing olib kelib ich!
- Oyijon, kaltakka borganingizda suv ham ola keling...