Asosiy/ Hikoyalar/ Eri boshiga ko'targan ayol

Eri boshiga ko'targan ayol

Ayolini yo'qotgan er hikoya qiladi:

"Oqshom uyga kelganimda ayolim kechki dasturxonni hozirlardi. Qo'lidan tutib unga gapim borligini aytdim. Jim ovqatlana boshladi, ko'zlarida qo'rquv bor edi. Bir onda kichraygandim go'yo, og'zimni ocholmasdim lekin fikrlarimni aytishim kerak edi. Ajrashmoqchiligimni aytdim. Asabiylashmadi, gapimga javob qaytarmadi, faqat sababini so'radi. Javob berolmadim, bunga asabiylashdi. Qo'lidagi sanchqi pichoqlarni otib yubordi. Menga baqirdi va odam emasligimni aytdi.
O'sha kecha biror og'iz gaplashmadik. Xotinim tun bo'yi yig'ladi. Turmushimizga nima bo'lishidan xavotirlanardi, lekin uni qoniqtiradigan gap aytolmasdim. Men Janaga oshiq bo'ldim, xotinimni sevmasdim endi. Bu vijdon azobi bilan bir bitim tayyorladim. Uy, mashina va shirkatning 30%ini unga beradigan bo'ldim. Shartnomaga biroz qarab turdi va yirtib tashladi.
10 yil birga yashagan xotinim menga begona bo'lgandi. Uning sarflagan umriga, kuch-quvvatiga achinardim, lekin orqaga qaytolmasdim, Janani qattiq sevardim. Keyin baqirib-baqirib yig'lay boshladi, buni kutmagandim. Uning ko'z yoshlari meni yumshashimga sabab bo'ldi. Bir muddat esimdan chiqardim ajrashishni, bu fikr miyamga o'rnashib qolgandi, endi bu tuyg'uni qattiqroq his etardim va to'g'ri qaror edi.
Keyingi oqshom uyga kech keldim va xotinimni stolda yozib o'tirganini ko'rdim. Rosa uyqum kelgandi va kechki ovqatni yemasdan uxlashga yotdim. Jana bilan o'tkazgan shuncha vaqtim meni charchatgandi. Orada bir uyg'ondim va uni hali ham yozayotganini ko'rdim. Ammo bu menga ahamiyatsiz edi, boshimni o'girib uxlashda davom etdim.Max Effect
Tongda menga shartlari yozilgan maktubni berdi. Mendan hech narsa istamagandi, faqat ajrashishimizni e'lon qilish uchun bir oy muhlat so'radi va bu vaqt davomida yaxshi oila kabi munosabatda bo'lishimizni istadi. Buning sababi bir oydan keyin o'g'limizning imtihonlari boshlanishi va bu paytda unga bu yukni yuklamaslik edi. Buni qabul qilish mumkin. Yana bir narsa bor edi, to'y kechamiz uni eshikdan qanday ko'tarib kirganimni eslatish edi va bir oy davomida har tong uni yotoqdan eshikgacha ko'tarib borishimni istadi. Esini yebdi deb o'yladim, lekin oxirgi kunlarimizni yaxshi o'tishi uchun qabul qildim. Keyin bu shartlarni Janaga aytdim. Baland ovozda kulib buni g'irt axmoqlik ekanini va bu ajrashishi uchun ekanini tushunib qabul qildi.
Xotinim bilan ajrashish mavzusini ochganimdan beri jismonan yaqin bo'lmadik. Shu bois birinchi kun uni olib eshik tomon ko'targanimda g'alati hisni sezdim. O'g'limiz orqamizda turardi va olqishlay boshladi. Dadam onamni quchog'ida ko'tardi, dedi. Bu uni juda sevintirgandi, so'zlari qalbimni vayron qilardi. Yotoqdan uy eshigigacha 10 metr ko'tardim. Xotinim ko'zlarini yumdi va qulog'imga "o'g'limizga ajrashishimizni aytmang", deb pichirladi. Men ham boshimni egib, xo'p, dedim va ichimga bir mahzunlik cho'kdi. Eshik oldida uni qoldirdim, xotinim avtobus bekatiga ketdi va uni ishga olib boradigan avtobusni kutdi. Men esa bir o'zim ofisga ketdim.

Eri boshiga ko'targan ayol

2-kun bu o'yin bizga oson kechdi. Xotinim boshini ko'ksimga qo'ydi va uning iforini tuydim. Birdan xotinimga anchadan beri qaramaganimni tushundim va uni turmush qurgan paytimizdagi kabi yosh emasligini sezdim. Yuziga mayda chiziqlar tushgan, sochlariga oq oralagandi. O'tgan yillar shunchaki o'tmagandi, shunda o'zimdan shuncha vaqt ichida unga nimalar qilganimni so'radim.
4-kun uni ko'targanimda bir ishonch tuyg'usini his etdim. Bu, menga hayotining 10 yilini hadya qilgan ayol edi.
5-kun bu ishonch tuyg'usi yanada yuksalgandi. Buni Janaga aytmadim. Kunlar o'tgani sayin uni ko'tarish ham osonlashardi, balki bu trenajorda shug'ullanganim sabablidir. Bir tong uni nima kiyishini o'ylab, qarab o'tirdim. Jahl qilib, har kungi kiyimlari biroz katta kelganini aytdi. Birdan uni qanchalik ozganini, vaznini yo'qotganini sezdim. Demak uni har tong oson ko'tarishimning sababi bu ekan. Yuzimga birov musht tushirganday bo'ldi. Bunchalik azob va hasratni qalbida olib yurardi. Sezmagan holda boshini siladim. Shu payt o'g'limiz keldi va "dada, oyimni ko'tarishingiz kerak", dedi.
Otasi onasini xonadan eshikkacha ko'tarishi hayotimizning bir bo'lagiga aylangandi. Xotinim o'g'limizni yoniga chaqirdi va mahkam quchoqladi. Men boshimni o'girdim, oxirgi lahzada qarorimdan voz kechishni istamasdim. Uni quchog'imga oldim va yotoq eshigigacha ko'tarib bordim. Qo'lini chakkamga qo'ygandi men uni mahkam ushlab olgandim. Xuddi turmush qurgan kunimizdagi kabi. Endi xavotirlana boshlagandim, bunchalik ozib ketganiga. Oxirgi kun uni ko'targanimda kuch sarflamadim. O'g'limiz maktabda edi va xotinimga hayotimizdagi yaqinlik kamayganini aytdim. Ofisga ketdim va eshikni qulflamasdan mashinadan tushdim, bunga vaqt yo'q edi.
Har lahza qarorimni o'zgartirishidan qo'rqardim va zinadan yuqori chiqdim, yuqori chiqqach Jana eshikni ochdi. Unga xotinimdan ajrasholmasligimni aytdim. Hayratlanib qo'lini peshonamga qo'ydi va "seni isitmang bormi?" deb so'radi. "Afsusdaman Jana, lekin men endi ajrashishni istamayman", dedim. Turmushimiz befayzligi sevgi yetishmasligidan emas, bir-birimizning ahamiyatimizni unutganimizdan edi. Endi esimga tushdi, unga uylangan kunim eshikdan ko'tarib kirganimda, umrimning oxirigacha unga sadoqatli bo'lishga qasam ichgandim.
Jana vaziyatni anglagach, yuzimga bir tarsaki tushirib, eshikni yopib yig'lay ketdi. Darhol pastga yugurib, birinchi uchragan gulchidan xotinimga bir dasta gul oldim, ichiga "seni har tong hayotimning oxirigacha ko'taraman" deb yozib solib qo'ydim. Uyga qatganimda yuzimni tabassum qopladi, qo'limda gullar bilan yotoqxonaga kirdim va xotinimni yotoqda o'lik holda topdim. Xotinim bir necha oydan beri saraton bilan kurasharkan, men Janaga bo'lgan qiziqishim bois buni sezmagandim. Ko'p yasholmasligini bilgani uchun o'g'limni menga qarshi bo'lib qolishidan meni saqlashga uringandi. Hech bo'lmasa o'g'limning ko'zida yaxshi turmush o'rtoq sifatida qolishimni istagandi".


O'xshash maqolalar