Asosiy/ Foydali maslahatlar/ Yurak uchun foydali mevalar

Yurak uchun foydali mahsulotlar

    1. Bu ro'yxatda birinchi o'rinni baliq egallaydi. U yurak faoliyatida eng asosiy yordamchi hisoblanadi. Baliq yurak ritmining buzilishi xavfini kamaytiruvchi Omega-3 yog' kislotasiga boy.
    2. Yurak va tomirlar uchun zaytun yog'i katta foyda beradi. U xolesterin miqdorini kamaytiradi va tomirlarni himoya qiladi.
    3. Pomidor - yurak ritmini yaxshilovchi hamda gipertoniya, ishemiya kasalliklarining oldini oluvchi tabiiy vosita. Uning tarkibidani likopin antioksidanti aterosklerozdan saqlaydi.
    4. Sitrus mevalarga allergiyasi yo'q odamlar uchun apelsin tavsiya etiladi. Bu meva tarkibida organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib tashlovchi moddalar to'planadi. Bundan tashqari, u qon bosimini boshqarib turuvchi kaliy elementiga boy.
    5. Lavlagi bargi. Bu "salat" tarkibida kaliy, magniy, sellyuloza, V vitaminlari, antioksidantlar va boshqa minerallar mavjud.
    6. O'rik turshagi yurakni xolesterindan himoya qiladi. Mutaxassislar fikricha, kuniga bir nechtadan turshak yeb turish takroriy infarktdan saqlaydi.
    7. Suli yormasi tarkibida yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi sellyulozalar, shuningdek, yurak muskullarini oziqlantiruvchi flavonoidlar va kaliy bor.
    8. Qoramtir shokolad qon bosimi ko'tarilganda samarali foyda beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. U insult va infarkt xavfini taxminan 20 foizga kamaytiradi.
Yurak uchun foydali mahsulotlar
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz

O'xshash maqolalar