Asosiy/ Foydali maslahatlar/ Tirnoq bo'yash

Tirnoq bo'yash usullari va zararlari

Tirnoq bo'yog'ida yashiringan xavf.

Tirnoqlar ham kishi go'zalligining bir bo'lalgi hisoblanadi. Agar ular o'z vaqtida parvarish qilinmasa, sinuvchan va mo'rt bo'lib qolishi mumkin. Bu borada ayollar uchun eng yaxshi ko'makchi tirnoq bo'yash va unga ishlatiladigan bo'yoqlaridir. Biroq ushbu vositalarni tanlashda ham ma'lum qonun qoidalar bor. Chunki sifatsiz laklar tirnoqning sinuvchan bo'lib qolishiga olib keladi. Shunday ekan, tirnoq bo'yash uchun bo'yoq tanlashda quyidagi maslahatlar sizga asqotsa ajab emas.

Avvalam bor lak harid qilayotganda arzoniga uchmang. Sababi, ma'lum rangdagi laklar haridor tomonidan talab yo'qligi tufayli arzon bo'ladi. Demak u uzoq vaqt saqlanib turgan va muddati tugagan. Muddati o'tgan lak tirnoqda uzoq turmaydi, tez ko'chib tushadi.
Qadog'ida nuqson bo'lsa ham sifati buziladi chunki qopqoq germetikligi buzilgan bo'ladi bunda mahsulot sifati yo'qoladi. Cho'tkasiga etibor bering! U haddan ortiq kalta bo'lmasligi kerak. Cho'tkani idishdan chiqarganingizda lak 3-5 soniya ichida bir xil massa bo'lib tomchilab turishi lozim.

Dekorativ (rangli) laklar tarkibida tirnoqlarni davolovchi yoki ularni tekislash hususiyatiga ega maxsus ingredientlar bo'lmaydi. Agar shunga o'xwash muammolaringiz bo'lsa, tirnoq bo'yash uchun mo'ljallagan va tarkibida foydali moddalar mavjud maxsus vositarni harid qiling.

Agar sadaf rangli lakni yoqtirsangiz, vositani harid qilayotganda albatta tarkibiga e'tibor bering. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar lakka tovlanib turuvchi hususiyat beradigan modda sifatidan kaltsiyga boy tabiiy sadaf qo'shishadi. Yaxshi-ku dedingizmi? Xa, yaxshi. Faqat "lekin"i bor: sog'lom tirnoqlarni kaltsiy bilan haddan ortiq to'yintirish ularning po'st tashlashi yoki sinuvchan bo'lib qolishiga olib keladi.

Allergiyasi bor ayollar ham tarkibida yumshatuvchi moddalar mavjud bo'lgan laklardan foydalanmaganlari ma'qul. Yumshatuvchi moddalar zaharli ta'sir kuchiga ega.


O'xshash maqolalar