Asosiy/ Foydali maslahatlar/ Qorin va biqin yog'laridan qanday xalos bo'lish

Qorin va biqin yog'laridan qanday xalos bo'lish

Qorin va biqin yog'laridan qanday xalos bo'lish

Dietologning fikri

Ho‘ppa semiz qorin o‘rniga qorinning to‘rtburchak shakldagi mushaklariga ega bo‘lish — barcha erkakning orzusi. Boisi bu kuchli jins vakillarining tashqi ko‘rinishdagi muhim afzalliklaridan biridir. Ortiqcha vazn yig‘ib, meshqorinni orttirib olish juda oson bo‘lsa ham, undan voz kechish uzoq vaqt va irodani talab qiladi.

Jismoniy faol bo‘lish kerak! Hech bir mo‘'jizali parhez yoki ozdiruvchi tabletka yordam bera olmaydi. Qaytaga ular oshqozonni ishdan chiqarib, yanada semirishga sabab bo‘ladi. Ozishda muvaffaqiyat qozonish ovqatlanishni me'yoriga keltirish va shunga uyg‘un holda jismoniy mashqlarga odatlanishga bog‘liq.

Nimadan boshlash kerak?

Qorin va yonbosh yog‘laridan xalos bo‘lishdan oldin o‘zingizga maqsad qo‘ying. Bu maqsadga yetish uchun oldingizda uzoq muddat va mashaqqatli mehnat yotibdi. Aniqrog‘i, buning uchun sizga ahvolingizdan kelib chiqib, 12 haftadan yarim yilgacha vaqt kerak bo‘ladi. Modomiki, bu foydali mashg‘ulot uchun hafsala hamda vaqt ajrata olmas ekansiz, unda semirishda davom eting. Ko‘p o‘tmasdan sumochilar qatoridan joy olasiz.

Erkaklarda qorin nimadan kattalashadi?

Vazni ortib borayotgan har bir erkakni shu savol qiziqtiradi.

Bosh sabablari:

1. Kam harakat turmush tarzi. O‘rta yoshli erkak uylangach, o‘z-o‘zidan yaxshi to‘lanadigan idora ishiga harakat qiladi. Natijada, uning asosiy vaqti idorada komp'yuter qarshisida, kursiga mixlangan holda o‘tadi va jismoniy faollik pasayadi. Uyda esa charchab kelgach, yeb-ichib keyin hordiq chiqaradi.

2. Qoringa tushayotgan kaloriyaning nomuvofiqligi. Fastfud, kechki shohona ovqatlanish, qovurilgan va yog‘li taomlar insonning ovqatlanish rasionini buzadi, ortiqcha kaloriyani tanag olib kirib, yog‘ga aylanadi.

3. Irsiy yoki endokrin muammolar. Ko‘pchilik erkaklarda ortiqcha vazn sababi tanada moddalar almashinuvining sekinligi hisoblanadi. Bu esa qorinning kattalashishiga sabab bo‘ladi.

4. Zararli odatlar. Misol uchun, kech ovqatlanish yoki yonboshlab ovqatlanish. Yoki ichish-chekish ham hazm tizimin ishdan chiqaradi.

5. Kasalliklar. Qandli diabet ham semirishga moyillikni oshiradi.

6. Ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolar.

 

Ilk qadamni boshlash 

– Sog‘lom turmush tarziga zid zararli odatlardan voz keching. Zarurat tug‘ilsa, agar kasallik sabab semirayotganingizni sezsangiz, malakali shifokor bilan maslahatlashing;

– Ichaklar faoliyatini yaxshilang. Ichaklarni ularning devorlarida qolib ketgan oziq qoldiqlari — shlaklardan tozalang;

– Har kuni bir necha stakan kefir ichishga odatlaning. Asosan, tongda va uxlashdan avval.

Ko‘proq toza suv iching — bu ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;

– Kundalik ovqatlanish rasioniga turli xil o‘simlik va oshqozonga foydali bo‘lgan apel'sin, nok, pomidor, olxo‘ri, bodring kabi past kaloriyali va vitamin-minerallarga boy mahsulotlarni qo‘shing.

– Kundalik ovqatlanish me'yorini izga soling va bunga amal qiling;

– Erkak kishi ayolga nisbatan ko‘proq kaloriyaga ehtiyoj sezadi. Ammo, dumba yog‘iga qilingan oshni yegandan keyin kursida orom olish emas, dalada ishlash kerak bo‘ladi.

Imkon qadar yog‘li, qovurilgan, dudlangan va tuzlangan mahsulotlarni iste'mol qilmang. Spirtli ichimliklar, xususan pivo ichishdan ham voz keching;

– Ovqat miqdori odatda yeydigan ovqatingizdan 25-30 foizga kamroq bo‘lsin. Imkon qadar shoshmasdan, taomni yaxshilab chaynab so‘ng yuting. Bu ovqatning ichakda yaxshi so‘rilishi va oshqozonga yordam beradi;

– Muvofiq ovqatlanishda oqsil parhezidan foydalanish samara beradi.

Xususan, qaynatilgan tuxum, pomidor,qatiq, mevali salat va qaynatilgan go‘sht iste'mol qiling. Kechki ovqatga qaynatilgan kartoshka, no‘xatli sho‘rva tanovul qilishga odatlaning.

Sosiskani ham qaynatib, tong mahali 2 tadan ortiq yemang. Sabzavotli salatlardan ko‘proq yeng. Grechka ko‘proq iste'mol qiling. Tunda biror salat va yengilroq ovqatlaning.

Qorin va biqin yog‘laridan xalos qiluvchi mashqlar

Yugurish va suzish semirishga qarshi kurashadigan eng foydali mashqlar.

Mashq qilganda eng yuqori kuch bilan ishlash shartmas. Mashq jarayonida mashq nuqtasining qoringa tushishiga e'tibor qaratish kerak.

 

Quyidagi mashqlarni kun davomida bir necha marta, har gal 10-30 marotabadan bajaring.

 

Qorin mushaklariga urg‘u qaratgan holatda «press»da ishlash.

Fitnes-koptokda mashq qilish.

Yotgan holatda gantelni siltamasdan, tik ko‘tarish.

Yotgan holatda og‘irlikni barmoq uchlariga tashlagan holda tanani silkitish.

Brusda osilib turish.

Otjimanie qiling.

Yog‘ga qarshi kurashda eng samarali mashqlar:

Gantelni ko‘targan holda yon tomonlarga engashmoq.

Yotgan holda, oyoqlarni cho‘zib, tanani ko‘tarish.

Oyoqlarni keng ochgan holatda gantelni siltamasdan ko‘tarish va qo‘llarni oldinga cho‘zib, gantellarni birlashtirib, so‘ng ohista pastga tushirish.

Turnikka osilib, oyoq uchlarini ikkala qo‘l orasiga yetkazing. Shuningdek, turnikka osilib, tanani har tomonga buring.

To‘g‘ri ovqatlanib, jismoniy faol bo‘lsangiz, tez orada sizning qad-qomatingizni «buzib» turgan ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lasiz.

Doimo sog‘-salomat bo‘ling!

Manba: erkak.uz



O'xshash maqolalar