yandex metrika
Foydali maslahatlar

Qanday Qilib Aqlni Rivojlantirish Mumkin?

Qanday Qilib Aqlni Rivojlantirish Mumkin?

Qanday qilib aqlni rivojlantirish mumkin. Insonning eng muhim organi bu uning miyasidir. Miya butun tanani boshqaradi. Miyamiz doim faoliyatda. Uxlasak ham, dam olsak ham, ko'chada yursak ham u to'xtovsiz ishlaydi. Qaysi ozuqalar miya faoliyati uchun foydali? Shu o'rinda bir latifani aytsak: Bir yahudiy kishi bozordan 5 dollarga kichkina baliq olib uyiga ketar edi. Yo'lda bir odam uni uchratib so'rabdi: - Ey do'stim, yahudiylarni nima sababdan aqlli deyishadi. Yahudiy: Chunki biz mana bu baliqdan yeymiz, Sen ham shu baliqni yesang aqling kiradi - deb qo'lidagi baliqni ko'rsatibdi. Haligi kishi yana so'rabdi: shu baliqni menga sot, Yahudiy: Bu juda qimmat Haligi kishi: Necha pul? Yahudiy: 50 dollar. Xullas, haligi kishi, hech o'ylab o'tirmay 50 dollarga baliqni sotib olibdi. Keyin, ertasi kuni baliq bozoriga borsa, xuddi o'sha baliq 5 dollar emish. Jahli chiqib yahudiyni oldiga borib: Nega kecha menga 5 dollarlik baliqni 50 dollarga sotting, meni aldading- ku, debdi. Yahudiy: Ana ko'rdingmi, kecha aqling yo'q edi. Baliq yegach,endi aqling kiribdi - debdi. Latifada oz bo'lsa ham haqiqat yotadi, Baliq go'shtini ko'p istemol qilish inson aqli uchun foyda hisoblanadi. Shuning uchun dengiz bo'yida yashaydigan va baliq ko'p iste'mol qiladigan xalqlarning zehni o'tkir bo'ladi. Yaponlar eng ko'p baliq yeydigan xalqlardan biridir. Ular hatto baliqni ko'p saqlamasdan, dengizdan tutilgan zahoti iste'mol qilishni xush ko'rar ekan. Bundan tashqari shimoliy yevropa davlatlati - skandinaviya o'lkalari ham juda ko'p baliq iste'mol qiladilar. Mevalardan esa olma ham miya faoliyati uchun uchun foydalidir. Lekin insonni aqlli yoki aqlsiz bo'lishi bu faqat ozuqaga bog'liq emas. Aslida aql hammada ham bor. Lekin ba'zi odamning aqli hisob-kitob ishlari uchun yaxshi ishlaydi. Ba'zi odamlarni miyasi odamlarni boshqarish uchun yaxshi ishlaydi. Ba'zi odamlarning aqli o'zaro muomalada yaxshi ishlaydi. Ba'zilar esa hiyla- nayrang ko'rsatishda juda aqlli bo'ladi va hokazo. Matematikani zo'r bilgan odam shaxmat o'ynolmasligi mumkin. Aytaylik, biror odam matematik hisoblashlarni juda zo'r bajara oladi, lekin o'sha odam hayotda biror muamoga duch kelsa hech ish qo'lidan kelmasligi mumkin. Demak odam aqlini qaysi ish uchun ko'p ishlatsa, ya'ni nima uchun ko'p bosh qotirsa o'sha ishda aqlli bo'ladi. Aql bu ko'pincha insonga tug'ma berilgan bo'ladi. Ba'zi hollarda esa yoshlikdan ko'p aqliy mehnat qilish - masalan, yoshlikdan kubik o'yinlari o'ynash, shashka o'yini yoki oddiy arifmetikani o'rganish kabilar yosh bolani aqlini tez rivojlanishiga sabab bo'ladi. Xo'sh, ozuqalar aqlga qanday foyda qiladi, degan savol tug'iladi. Ozuqa bu - agar siz aqliy mehnat bilan shug'ullansangiz, qilayotgan ishlaringiz uchun sizni zehningizni o'tkirlashga xizmat qilishi mumkin. Masalan hisoblash ishlari bilan shug'ullanadigan odam agar baliq go'shtini ko'p iste'mol qilsa, ba'zi aqli yetmagan hisoblashlari endi oson bo'lishi mumkin. Insondagi qobiliyatlar ko'p holda tug'ma bo'ladi. Ammo ba'zi odamlarning qobiliyati keyinchalik namoyon bo'lishi ham mumkin. Aqlni rivojlantirish bu xuddi jismoniy atletikaga o'xshaydi. Og'ir atletika bilan shug'ullanishda siz qaysi a'zo bilan tosh ko'tarishni mashq qilsangiz o'sha a'zoingiz muskullari baquvvat bo'ladi. Butun tanangizni birdaniga baquvvat qiladigan mashq yo'q. Yoki butun tanni bir vaqtda baquvvat qiladigan dori ham yo'q. Xuddi shunga o'xshash. Qaysi ishda aqlli bo'lishni istasangiz, avvalo o'sha ishga bo'lgan qiziqish bo'lishi kerak, va ikkinchidan esa o'sha ish yoki muammo ustida ko'p bosh qotirish kerak xolos. Qaysi muammoni ko'p o'ylayversangiz uning yechimi topish mumkin. Aqliy o'yinlar Ba'zi o'yinlar ham fikrlashingizni o'tkirlashtiradi. Masalan: Shaxmat, shashka, krossvord yechish, topishmoqlar, kubik terish, mantiqiy masalalar yechish va hokazo. Bular ayniqsa yosh o'spirin bolalarni fikrini charxlaydi. Kitob o'qish foydalimi? yoki... Ko'pchilik katta yoshdagilarni aytishicha ko'p kitob o'qish odamni aqlli qiladi. Lekin bu gapni mutlaqo to'g'ri deb bo'lmaydi. Ko'p kitob o'qigan odam aqlli bo'lib qolmaydi. Avvalo kitobni qandayligiga bog'liq. Roman hikoya ertak kitoblar insondagi tasavvurni kengaytirishi mumkin. Ya'ni voqealarni ko'z oldida jonlantirish qobiliyati paydo bo'ladi. Tarixiy kitoblar yoki dunyo mamlakatlari haqidagi kitoblar esa insonni dunyoqarashini kengaytiradi. Bir xil turdagi kitobni o'qiyverish tafakkurni faqat bir tomonlama rivojlantiradi. Turli ilm o'rganish va ma'ruzalar tinglash insonning tafakkurini oshiradi. Lekin bir narsani unutmang, Behuda bilimlarni ko'p o'qish, miyamizni keraksiz axborotlar bilan to'ldrish salbiy natija berishi mumkin. Ko'p keraksiz narsalarni o'rganish oqibatida xotira sustlashi mumkin. Qishloq joylarda yashovchi odamlarning xotirasi shaxarlik odamga nisbatan ancha mustahkam bo'ladi. Ko'p taomlanish kerakmi? yoki .... Inson zehnini o'tkirlashtiradigan yana muhim vazifa bu bir qancha muddat och yurish. Ko'p ovqat bilan qorin to'ydirish insonning miya faoliyatini sustlashtiradi. Shuning uchun har zamonda bir necha kun ro'za tutish inson tafakkurini tiniqlashtiradi. Dinimizda har yili 1 oy ro'za turishning juda ko'p hikmatlari bor. Ro'za turib och yurish tufayli miya faoliyatimiz yaxshilanadi. Pol Breg nomli yozuvchining "Ochlik mo'jizasi" nomli kitobida ochlikning aqlimizga qanday foyda ekanligi haqida o'qishingiz mumkin.

Maqola : Aql saytidan olindi.