Asosiy/ Foydali maslahatlar/ Homilador ayollarga maslahat va tavsiyalar

HOMILADOR AYOLLARGA MASLAXATLAR

HOMILADOR AYOLLARGA MASLAXATLAR
HOMILADOR AYOLLARGA MASLAXATLAR
1. Asabiylashishga olib keladigan vaziyatlardan saqlaning. Xomilador ayol stress (janjalli, nizoli xolatlar, ortikcha jigibiyron bo'lishdan saklanishi kerak. Chunki kattik siqilish okibatida xomila tushishi yoki muddatdan oldin tugish xavfi yuzaga keladi. Uy yoki ishdagi noxushliklarga ko'p e'tibor bermaslikka odatlaning. Buning uchun uzingizni tinchlantirib maxsus autotrening mashklarini bajaring. Kunduzgi uyku xomilador ayol uchun juda foydaliligi unutmang.
2. Yetarli darajada suyuqlik iching: toza, tabiiy sharbatlar (2 dona yashil olma yoki qizil sabzini qirg'ichdan o'tkazib suvini siqib oling), och damlangan choy, o'rik va na'matak qoqisidan damlama tayyorlab ichishga odatlaning. Toksikozni oldini olish uchun ertalab nahorga bir dona qurt yoki bir piyola qaynagan iliq suvni kechqurundan karavotingiz oldiga qo'yib qo'ying. Ertalab uyg'onishingiz bilanoq, boshni ko'tarmasdan suvni iching, qurtni shimib yuring.
3. Kun davomida yengil, jismoniy mashqlar bajaring.
4. Taomnomangiz vitamin , oqsillarga boy bo'lishi kerak. Go'sht mahsulotlari, pishloq, sut-qatiq, tuxum, tvorog, mevalardan olma, anor, nok, uzum juda ham foydali bo'lib dasturxoningizda albatta bo'lishi kerak.
5. Ichak va oshqozon yaxshi ishlashi uchun har kuni 1 piyoladan qatiq ichish kerak.
6. O'zingizni issiqdan saqlang (vannani to'ldirib cho'milmang, saunaga bormang, faqat har kuni yotishdan oldin va ertalab tik turib dush qabul qiling), qattiq sovuqqotishdan ham o'zingizni asrang.
7. Havosi dim, issiq tamaki chekilgan joylarda o'tirmang.
8. Kuniga 2 mahal, bir soat davomida o'ng yonboshingizda yoting, bu ichaklar ishini yaxshilab, ich qotishdan saqlaydi.
9. Siydik pufagini tez-tez bo'shatib yuring. Bir nimani bahona qilib siydik pufagini to'ldirib yursangiz bachadon qisqarib homila tushishi xavfi bo'ladi..
10. Dorilarni faqatgina shifokor tavsiyasiga ko'ra qabul qiling. Umuman bu davrda dorilarni kamroq ichmoq ma'qul.
11. Uy hayvonlari (mushuk, kuchuk) bilan muloqotdan saqlaning. (Ulardan homilador ayollar uchun xavfdi hisoblangan toksoplazmoz kasalligiga chalinish mumkin!).
12. Kompyuterda ishlash vaqti haftasiga -20 soatdan oshmasligi zarur!
13. Jamoat transporti (avtobus, metro, tramvay) dan kamroq foydalaning, yaxshisi shu 9 oy ichida cho'ntagingiz taksini ko'tarmasa, marshrut avtobuslarga chiqing.
14. Har xafta qon bosimingiz va vazningizni o'lchating.
15. Homiladorlik paytida jinsiy aloqa bilan shug'ullanish homila tushishi xavfi bo'lmasa mumkin.
16. Albatta ayollar maslahatxonasiga borib, tibbiy ko'rikdan o'ting.
17. Agar qon oqishi, bel va qorin pastida og'riq, tana harorati ko'tarilsa darhol (!!!) shifokorga murojjat eting.
18. Homiladorlik davrida ayol tanasidagi qon hajmi 2 barobar ko'payadi. Agar homilador ayol me'yordan ortiq qahva ichsa ayni kerak paytda organizmidagi suyuqlikni yo'qotadi. Natijada esa bola vazni kam bo'lib tug'ilishi mumkin.

O'xshash maqolalar