yandex metrika
Biznes

Koreyaga ishga borish uchun nima qilish kerak

Assalomu alekum, Koreyaga ishga ketmoqchiman. Nima qilsam bo'ladi, yo'l-yo'riq ko'rsatvoringlar

Eng qisqa qilib aytganda quyidagi bosqichlardan o'tish kerak bo'ladi:

    1. Koreys tili bo'yicha imtihon
    2. Ishga joylashish bo'yicha ariza
    3. Mehnat shartnomasini tuzish
    4. Chiqib ketish oldidan o'qitish
    5. Koreyaga jo'nash

Ularning har birida batafsilroq talablar, inobatga olinishi kerak bo'lgan jihatlar mavjud. Masalan ishga ketmoqchi bo'lgan shaxs 18-39 yoshli bo'lishi, og'ir jinoyatlar sodir etmaganligi va hokazo.

Velosipedni qaytadan kashf etmaslik uchun, yaxshisi barcha ma'lumotlarni o'zingiz bu masala bo'yicha rasmiy sayt hisoblanmish https://www.eps.go.kr/uz/index.html (yuqori menyuda Ishga joylashish protsedurasi bo'limi) orqali bilib olishingiz mumkin. E'tiborli tomoni, u yerda ma'lumotlar o'zbek tilida ba'zi bir imlo xatolari bilan yozilgan, shu sababli kishida bu sayt soxta degan taassurot uyg'otishi mumkin. Lekin yo'q, u rasmiy sayt, berilgan ko'rsatmalarga amal qilish kerak bo'ladi.