Asosiy/ Ayollar salomatligi/ Homila jinsini aniqlash: usullari, testlar

BOLA JINSINI ANIQLASH JADVALI

Har bir inson hayotda ota-ona bo'lishni, muayyan jinsdagi farzandlarni niyat qiladi. Biroq tabiat o'z rejalari, o'z hisob-kitoblariga ega. Insoniyat mavjudki, ular oilada kelgusida qiz yoki o'g'il tug'ilishini bilishga intiladi. Buning uchun odamzot qanday usullar o'ylab topgan va homila jinsini aniqlash uchun nima qilish kerak, quyida batafsil.

Homila jinsini aniqlash

Bugungi kunda homila jinsini aniqlashning eng aniq usullaridan biri ultratovushli tekshiruv hisoblanadi. Ammo, ba'zida UTT ham yanglish ma'lumotlar berishi mumkin. Hech bir usul yo'qki, 100% kafolat bersa.

Maktabda biologiya darslaridan olingan bilimlar orqali ma'lumki, farzand jinsi ikki juft xromosomaga bog'liq. Ona tuxum hujayrasida XX, ota spermatozoidlarida esa bitta X va bitta Y (XY) xromosomalar mavjud.

Agar onaning XX xromosomali tuxum hujayrasi otaning Y xromosomali spermatozoidlari bilan urug'lantirilsa, homila o'g'il bo'ladi, agar X xromosoma bilan urug'lantirilsa, demak, qiz. Bundan ko'rinib turibdiki, bo'lajak farzandning jinsi faqatgina otaga bog'liq. Ya'ni o'g'il yoki qiz bo'lishi ehtimoli ellikka ellik.

Biroq uni oldindan aniqlashning ba'zi usullari mavjud. Birlari bizga qadim zamonlardan yetib kelgan va homilador ayollarni uzoq muddatli kuzatishlar natijasida olingan, boshqalari esa zamonaviy olimlarning kashfiyotlariga asoslangan. Biroq, yuqorida aytilganidek, ularning hech biriga 100% tayanish tavsiya etilmaydi.

Ayolning ovqatlanishi

Ko'pgina qariyalar homilador ayolning qanday mahsulotlarni hush ko'rishini bilib bo'lajak bolaning jinsini aniqlash mumkinligini aytishadi:

  • Agar ona to'satdan shirinliklar, tortlar va shokoladga ko'ngli ketsa, demak oilada qiz farzand kutish kerak.
  • Turli xil tuzlamalar, qovurilgan kartoshka kabi taomlarga, ya'ni qovurilgan va achchiq taomlarga ko'ngil ketsa, u holda o'g'il tug'ilishi ehtimoli yuqori bo'ladi.

Homiladorlikdan oldingi taomnoma

Ko'pgina ayollar urug'lantirishdan oldin hush ko'rilgan taomnoma uning yaqin kelajakdagi homilasi qay jinsda bo'lishiga ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlashadi:

  • Ko'proq sut mahsulotlari, bodring, baqlajonlar, sabzi, lavlagi, no'xat, qalampir, shirinliklar va yong'oqlarga afzallik berganlar, ekzotik mevalar, kartoshka, qovun va olxo'rilarni hush ko'rmadingizmi? Unda tabriklaymiz, sizda 80% ehtimollik bilan qiz farzand bo'ladi;
  • Kartoshka, qo'ziqorin, go'sht, gilos, o'rik, apelsin, banan, shaftoli, xurmo va sho'r ovqatlarni sevuvchilardan odatda o'g'il bolalar tug'iladi.

Qon yangilanishi nazariyasi

Qon yangilanish nazariyasiga ko'ra, erkaklarda har 4 yilda, ayollarda esa har uch yilda bir marta qon "yangilanadi". O'g'il farzand tug'ilishi ehtimoli oxirgi bo'lib otasining qoni yangilagan juftliklarda yuqoriroq bo'ladi. Shu sababli, urug'lantirish sodir bo'lgan vaqtdagi ota-onaning yoshiga qarab, homilaning jinsini taxmin qilish mumkin. Quyidagi onlayn test bunda sizga yaqindan yordam beradi.

O'xshash maqolalar