Asosiy/ Android/ Telefonni kompyuter ekranida ko'rsatish

Smartfon ekranini kompyuterda ko'rish va boshqarish

Smartfon ekranini kompyuterda ko'rish va boshqarish

Nega kerak o'zi?

Masalan telefoningizda o'yin o'ynamoqchisiz, uni ekrani kichikroq. Shunda telefonni ekrani kompyuterimiz monitorida ko'rib o'ynamoqchimisiz?

Android developer bo'lsangiz va emulator ishlatish imkoni bo'lmasa, telefoningizni ulab ishlatmoqchisiz-u lekin har safar telefonni qo'lga olaverish yoqmayaptimi. Xuddi emulator ishlatgandek sichqoncha bilan boshqarmoqchisiz?

Shunday holatlarda juda qulay bo'ladi.

Mana endi ishga kirishamiz

1-qadam:

Mana bu orqali scrcpy dasturini yuklab oling:

https://github.com/Genymobile/scrcpy/releases/down...

2-qadam:

Yuklab olgan faylingizni zip'dan chiqaring

3-qadam:

Zipdan chiqarib olgan papkangizni C:\Program Files\scrcpy\ ga joylang

Umuman olganda istalgan papkaga joylashingiz mumkin, lekin dasturlar shu yerda turgani ma'qul

4-qadam:

Endi shu papkadagi scrcpy.exe fayliga ярлык yaratib oling va uni Рабочый стол'ga ko'chirib qo'ying.

5-qadam:

Telefoningizni kompyuterga USB orqali ulang va 4-qadamda yaratgan ярлык ni bosib scrcpy dasturini ishga tushiring. Kompyuteringiz va USB kabelingizga qarab dastur 3-4 soniyalarda ishga tushishi mumkin.

Bonus

Agar menga o'xshab cool programmer bo'lib scrcpyni terminaldan yoki Windowsda Win+R bilan ishga tushirmoqchi bo'lsangiz scrcpy papkasini "Системные переменные"dagi Pathga qo'shish kerak. Buning uchun:

    1. scrcpy turgan papkani manzilini (Копировать)ctrl+c qilib oling.
    2. Системные переменные(System environment variables) ga kiring.
    3. Системные переменные(pastki qismdagi) ro'yxatdan Pathni tanlang.
    4. 1-qadamda ctrl+c qilib olgan manzilimizni Pathga qo'shing.

Mana endi terminaldan yoki Win+R bilan scrcpyni ishga tushurish mumkin

Manba: www.Texnoman.uz



O'xshash maqolalar