Asosiy/ Android/ Telefonda root huquqi nima

Androiddagi root huquqi nima va undan foydalanish

Android operasion tizimidagi smartfon yoki planshet sotib olgan har qanday odam, birinchi navbatda uning uchun turli dasturlar va o‘yinlar qidira boshlaydi. Ilovalarni ko‘rib chiqayotib, ko‘pincha root huquqini talab etuvchi mana bunday yozuvlarga duch kelamiz: «Trebuyutsya root prava», «Nujen root», «Dlya raboti programmi neobxodimo poluchit' root» va hokazo. Xo‘sh, root huquqi nima o‘zi? U qanday olinadi va afzalliklari nimalardan iborat?

 

Avvalo e'tibor bering: Android OS yopiq operasion tizim sanaladi hamda ayrim fayllar va funksiyalarga foydalanuvchilar tegishiga ruxsat bermaydi. Mana shu ruxsatni qo‘lga kiritish root huquqi deyiladi va u ko‘pgina turli funksiyalardan foydalanish imkonini beradi…

 

Root huquqi bo‘lsa, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

 

Tizim fayllarini o‘zgartirish;

Standart ilovalarni (kalendar', xarita va turli servislarni) o‘chirish;

Mavzular va yorliqlarni o‘zgartirish va o‘chirish;

Qurilma yoqilishi jarayonida displeyga chiqib turadigan rasm o‘rnatish;

Bajariluvchi Linux fayllarini qo‘shish;

Qurilmaning ishini optimallashtirish, prosessorni tezlashtirish;

Root huquqisiz ishlamaydigan ilovalarni ishga tushirish;

Ma'lumotlarning zaxira nusxasini yaratish;

Modifikasiya qilingan proshivkalarni o‘rnatish;

Va ko‘pgina boshqa imkoniyatlar…

LEKIN shuni unutmangki, o‘z smartfoningiz yoki planshetingizda root huquqini olsangiz, unga nisbatan bo‘lgan kafolat xizmati olish huquqingizni yo‘qotasiz. Zero, root huquqidan foydalanish – go‘yoki operasion tizimning dastlabki himoyasini olib tashlashdek gap. Agarda keyin qurilmangizga biror nima bo‘lib qolsa, servis markazida unga kafolat xizmati ko‘rsatishni rad etishlari uchun asos bor.

 

Yana bir tomoni – agar root huquqini olish jarayonida nojo‘ya xato qilib qo‘ysangiz, dasturiy ta'minot qismi ishdan chiqqan sevimli gadjetingiz bir bo‘lak metall va plastmassa uyumiga aylanadi-qoladi.

 

Agar shularni bilganingizdan keyin ham root huquqini olishga qiziqayotgan bo‘lsangiz – u holda bizni kuzatib boring, yaqin orada uni qanday qo‘lga kiritish haqida maqola e'lon qilamiz

 

Manba: www.terabayt.uz

O'xshash maqolalar