Asosiy/ Android/ Androidni proshifka qilish

Androidni proshifka qilish

 Android tizimida ishlovchi barcha telefonlar quyida ko'rsatilganidek proshivka qilinadi. Muhimi - telefoningiz modeli va Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak. Telefoningizni qayta proshivka qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

1. Telefoningizda tez yuklashni o'chiring. Buning uchun Nastroyki -> Specialniye Vozmojnosti -> Bistraya Zagruzka kirib, funksiyani o'chirasiz.

2. Telefoningizga Framrootdasturini o'rnatib, telefoningizda root imkoniyatini yoqing.

3. Telefoningizga MobileUncle Toolsdasturini o'rnating.

4. V987+CWM+Recovery+V 6.0.3.0.7z faylini yuklab oling va ichidagi recovery.img faylini mobil telefoningiz fleshkasiga ko'chirib o'tkazing.

5. Telefoningiz uchun mos bo'lgan proshivkani oling. Masalan, men ZTE Grand X Quad uchun rus tilidagi Lewa 5 proshivkasini oldim. Proshivka ZIP faylini ochmasdan telefoningiz fleshkasiga ko'chirib oling.

6. O'rnatilgan MobileUncle Tools dasturini oching va "Обновление Recovery" bandiga kirib, fleshkangizdagi recovery.img faylini ko'rsating. Dastur telefonni Recovery rejimida qayta yuklashni taklif qiladi. Rozi bo'ling va yuklang.

7. Recovery rejimida Wipe dateqiling, keyin Wipe casheqilasiz va undan keyin advanced menyusi ichida wipe dalvikqilasiz. Shundan keyin quyidagilarni bajaring:install zip from sdcard-> choose zip from sdcard-> (Yuklab olingan Lewa 5 proshivkasini tanlaymiz)->install

8. Yuklash to'liq tugashini kutamiz. Telefon bir necha muddatga qotib turgandek bo'lib tuyulishi mumkin. Telefonga tegmang! O'rnatish tugaganda telefonda yozuvlar chiqadi.

9. Telefonni qayta yuklab (reboot system), yangi proshivka bilan ochilgan telefon nastroykasida 1-bosqichda o'chirilgan Bistraya Zagruzka funksiyasini qayta yoqamiz. Bo'ldi! Telefoningizga yangi o'rnatilgan Android tizimidan bahra oling! Maqola muallifi: Eldorbek To'rayev




O'xshash maqolalar