yandex metrika

Sobir Abdulla haqida batafsil

Oʻzbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yili Qoʻqon shahrida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va yangi maktablarda bilim olgan Sobir Abdulla 1924-1926 yillarda ishchilar tayyorlov kursini tamomladi. 1925-1948 yillarda "Yangi Fargʻona", sobiq "Yosh leninchi" gazetalari, "Mushtum" jurnalida adabiy xodim, Andijon teatrida esa adabiy emakdosh boʻlib ishladi. batafsil...

Abdulla Qodiriy haqida ma’lumotlar

XX asr oʻzbek milliy adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, buyuk romannavis Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahridagi Eshonguzar mahallasida tugʻilgan. batafsil...

Abdulla Avloniy haqida ma’lumotlar

Abdulla Avloniy haqida batafsil ma'lumotlar, tarjimai hol batafsil...

Abdulla Ulugʻov haqida ma’lumotlar

1960 yilda tugʻilgan. 1983 yilda Toshkent davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiyotshunos. "Qissachiligimiz qirralari", "Inson ibratga intiladi", "Asl asarlar sehri", "Vatan - va tan" kabi kitoblari, "Adabiyotshunoslikka kirish", "Turkiy xalqlar adabiyoti" singari oʻquv qoʻllanmalari nashr etilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti. batafsil...

Murodjon Mansurov haqida ma’lumotlar

Murodjon Mansurov Toshkent shahridagi Katta Qangli dahasining Mirjuvon mavzeida 1941 yilning 15 martida tavallud topdi. Otasidan juda erta ayrilgan Murodjon onasining tarbiyasida voyaga yetdi. Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetida (1957-1962) tahsil oldi. "Qalamimni koʻrib, respublika markaziy gazetasi "Qizil Oʻzbekiston"ga (hozirgi "Oʻzbekiston ovozi") chaqirib olishdi", ‒ deb yozadi muallif oʻz tarjimai holida. batafsil...

Qambar Ota haqida ma’lumotlar

Qambar Ota (Oʻtayev) 1941 yil 12 yanvarda Kattaqoʻrgʻon shahrida tavallud topdi. Samarqand suv xoʻjaligi texnikumida, Samarqand davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetida (1958-1967) tahsil oldi. Mehnat faoliyatini 1967 yilda "Samarqand universiteti" gazetasi muharriri sifatida boshladi. Keyinchalik Samarqand qishloq xoʻjalik kooperativ institutida ijtimoiy fanlar fakulteti rahbari, falsafa kafedrasi oʻqituvchisi sifatida dars berdi. batafsil...

Tursunboy Adashboyev haqida ma’lumotlar

Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961-1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978-1982) tahsil oldi. batafsil...

Sobir Mirvaliyev haqida ma’lumotlar

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1971), professor (1978) Sobir Mirvaliyev 1933 yil 2 yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti Adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodim (1957), "Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari" jurnalida adabiy xodim (1958-62), institutda katta ilmiy xodim (1962-74), Toshkent madaniyat instituti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1974-95), shu kafedra professori (1995 yildan) sifatida faoliyat yuritgan. batafsil...

Vola haqida ma’lumotlar

Vola haqida batafsil ma'lumotlar, tarjimai hol Vola - zamonasining taniqli shoirlaridan biridir. batafsil...

Maʼdan haqida ma’lumotlar

Maʼdan XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab ijod etgan. U oʻzining barakali ijodi bilan oʻzbek va tojik adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi. batafsil...