O'choq Palov
Kerakli masalliqlar:
-
-
- 1 kg sabzi
- 1 kg gurunch
- 500-600 gram lahm mol go'shti
- 1 piyola qo'y yog'i
- 1 litr semichka yog'i
- 3-4 dona piyoz
- tuz
- zira
- suv
-
Qozongga ikkala yog'ni solib qizdirib olamiz va piyozni solib qizarguncha qovuramiz. Qizargandan so'ng go'shtni solib yahshilab qovuramiz.
Sabzini solib ta´bga ko´ra tuz solamiz va yahshilab sabzi ham qovuramiz.
Suv quyib 30 daqiqa atrofida qaynatib pishirib olamiz. Zirs solamiz.
Avvaldan yuvib ivitib olingan gurunchni zirvakga solamiz . Hamma uzini gurunchini suv tortishiga qarab suv quyadi. Gurunch hamma suvni tortib quruq o´lgandan keyin gurunch o´rtasini teshib zira solamiz va ustini yahshilab yopib dimlab qo´yamiz.20 daqiqa dimlaymiz.
O´choqda pishgan oshimiz ham tayyor.
Yoqimli ishtaha!!!