Tvorogli bulochkalar
Tvorogli xamirdan tayyorlangan bulochkalarning oddiysidan farqi - bunday bulochkalar juda mayin bo'lib pishishidadir.
Tvorog tufayli ularning tarkibida kaltsiy miqdori yuqori bo'lib, shuning uchun ularni bolalarga berish foydalidir.
Kerakli masalliqlar: 12 kishi uchun2 ta tuxum
-
- 250 gramm tvorog
- 175 gramm shakar upasi
- 0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
- 0,5 choy qoshiq vanil shakari
- bir chimdim tuz
- 350 gramm un
- 75 gramm yumshatilgan sariyog'
- 40 gramm shakar upasi
- ustiga surtish uchun tuxum
Tayyorlash tartibi:
-
- Tvorogni blender yordamida maydalab olamiz.
- Idishga tuxum, shakar upasi, soda, tuz va vanil shakari solib, mikser yordamida ko'pirtiramiz.
- So'ngra ko'pirtirilgan massani tvorogga solib, aralashtiramiz. Un solib xamir qoramiz. Xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
- Xamir bo'laklarini 0,5 sm qalinlikda yoyib, ustiga yumshatilgan sariyog' surtib, shakar upasi sepamiz va rulet shaklida o'raymiz.
- Ruletlarni 3-4 sm qalinlikdagi bo'laklarga bo'lamiz. Bo'laklarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.
- Tayyor bulochkalarga shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!