Olmali tvorogli pirog
Tvorogli xamirdan tayyorlangan mazali olmali pirog retsepti hech kimni befarq qoldirmaydi. Shuningdek, u sizning uyingizni shinamlik bilan to'ldiradigan ajoyib doljin isiga ega.
Va'da beramizki, hamma, pirogni tezroq ta'tib ko'rishni orziqib kutadi.
Kerakli masalliqlar:
XAMIRI UCHUN
-
- 400 gramm tvorog
- 2 ta tuxum sarig'i
- 20 gramm shakar
- 0,5 choy qoshiq vanil shakari
- 100 gramm un
NACHINKASI UCHUN
-
- 300-350 gramm olma
- 0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
- 1 osh qoshiq shakar
Xamir tayyorlaymiz:
-
- Tvorogni sitadan o'tkizamiz yoki blenderda maydalab olamiz.
- Tvorogga tuxum sarig'i, vanil shakari va shakar solib, yaxshilab aralashtiramiz.
- So'ngra tvorogli massaga un solib, yumshoq, ozroq qo'lga yopishadigan xamir qoramiz.
- Tvorogni sitadan o'tkizamiz yoki blenderda maydalab olamiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
-
- Olmalarni po'stidan tozalab, mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
- So'ngra shakar va dolchin solib, aralashtiramiz.
- Xamirni 2 ta pergament qog'ozi o'rtasida 0,7 sm qalinlikda yoyamiz.
- Xamirning o'rtasiga nachinka solib, yonlarini mahkamlab tugamiz va tugilgan joyini pastga qaratib qo'yamiz.
- Pirogni pergament qog'ozi bilan birgalikda gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz.
-
So'ngra 160 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 50 daqiqaga yuboramiz.
Tayyor pirogga shakar upasi sepish mumkin..Yoqimli ishtaha!