Karamel va yong'oqli tort
Karamel va yong'oqli tortni uyda qanday tayyorlash mumkin? Juda onson! Yeryong'oq va karamel ta'mlari uyg'unashuvi tufayli, tort xushbo'y va mazali bo'lib chiqadi.
Bunday pirojniy nafaqat bayramona stol uchun, balki yaqinlaringizni xursand qilish uchun kundalik choy ichishga ham tayyorlanishi mumkin.
Kerakli masalliqlar: 7 kishi uchun
XAMIRI UCHUN
- 250 gramm un
- 150 gramm yumshatilgan sariyog'
- 80 gramm shakar
- 130 gramm tozalangan yeryong'oq
- 1 ta tuxum
- 1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
KREMI UCHUN
- 300 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
- 300 gramm smetana
- ustiga sepish uchun tozalangan yeryong'oq
Xamir tayyorlaymiz:
- Idishga yumshatilgan sariyog' va shakar solib, mikserda 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz. Massa ozroq oqarishi kerak.
- So'ngra tuxum solib, 2 daqiqa ko'pirtiramiz.
- Yeryong'oqni po'stidan tozalab, 5-7 daqiqa quruq tovada qovuramiz va sovutamiz.
- So'ngra yeryong'oqni blenderda 2 osh qoshiqdan solib, maydalaymiz(2-3 soniyadan). Maslahat: agar yeryong'oqni hammasini solib, maydalasa, yog'i chiqib, yeryong'oqli pastaga aylanishi mumkin.
- Hosil bo'lgan yeryong'oq uvog'ini sariyog'li massaga qo'shib, lopata yordamida aralashtiramiz.
- Un solingan idishga qabartma solib, aralashtiramiz va sariyog' va yeryong'oqli massaga elab solamiz. Oldin lopata yordamida aralashtirib, so'ngra qo'lda yig'amiz.
- Tayyor xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, muzlatgichga 30 daqiqaga yuboramiz.
Krem tayyorlaymiz:
- Qaynatilgan quyultirilgan sutni quyuq smetana bilan mikser yordamida aralashtirib, ustini yopishqoq plyonka bilan yopamiz va korj tayyor bo'lgunicha muzlatgichga yuboramiz.
- Xamirni muzlatgichdan olib, 100 grammdan keladigan 6 ta bo'lakka bo'lamiz.
- Har bir bo'lakni ikkita pergament qog'ozi o'rtasida 0,3 sm qalinlikda yoyib, 22 sm diametrga ega dumaloq shaklida kesib olamiz.
- Har bir korjni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizargunicha 7 daqiqadan pishirib olamiz. Korjlar juda nozik bo'lib pishadi, ularni extiyotkorlik bilan stolga qo'yib sovutamiz.
- Tortni yechiladigan dumaloq qolipda korj va krem ketma-ketligida yig'amiz. Oxirgi korj ustiga krem surtmaymiz.
- Qolip ustini yopishqoq plyonka bilan o'rab, 2-3 soatga tindirib qo'yamiz.
- So'ngra plyonkani yechib, tortning yonlari va ustiga krem surtamiz va ta'bga ko'ra chetlari va yonlariga yeryong'oq sepib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!