yandex metrika

Qon guruhiga qarab harakteringizni bilib oling

 

1 - qon guruhiga kiruvchi insonlar

Brinchi qon guruhiga kiruvchi insonlar

Birinchi bo'lish ularning tabiatiga ham ko'chgan. Shuningdek, bu guruhga kiruvchilar juda mag'rur, izzattalab, o'z qadrini har narsadan ustun qo'yuvchi insonlardir.

O'z ishlariga nisbatan masuliyat bilan yondoshadigan, o'zlariga va boshqalarga nisbatan ham talabchanlikni hech qachon yo'qotmaydigan, haqiqatparvar, hamisha faol mehnat olib boradigan bu guruh vakillari ayni paytda kamchiliklari uchun boshqalarning izzat nafsiga tegishdan ham qaytmaydigan insonlardir.

Ularda shuningdek , doimiy izlanish, tadqiqot ishlarini olib borish hususiyati ham nihoyatda kuchli.

2 - qon guruhiga kiruvchi insonlar

Ikkinchi qon guruhiga kiruvchi insonlar

Bu guruhga kiruvchi insonlarda uddaburonlik fazilatlari ulardagi istedod, ishning ko'zini bilish, boshqaruvchilik sohasidagi yetakchilik, mehribonlik do'stona munosabatlarda sadoqatlilik kabi fazilatlar birgalikda namoyon bo'ladi.

Hayotda ham o'zining yashash prinsipiga ega bo'lgan bunday insonlarning hatti - harakatlari aniq maqsadlarga qaratilgan bo'ladi.

Inson ruhiy holatini to'g'ri baholovchi, samimiy, odamlarni to'g'ri tushuna olish, qiyin vaziyatlardan osonlik bilan chiqib keta olish fazilatlariga ega bo'lgan ikkinchi qon guruhi vakillari boshqalarni kamchiliklari uchun ochiqdan - ochiq tanqid qiladilar va ularga ozor berib qo'yganidan afsuslanmaydilar ham.

3 - qon guruhiga kiruvchi insonlar

Uchinchi qon guruhiga kiruvchi insonlar

Mazkur guruhga kiruvchi insonlar kuchli tasavvur egalaridirlar. Har narsani o'zlariga olaverganlari uchunmi, bunday odamlarda ruhiy zo'riqish tez - tez sodir bo'lib turadi.

Odatda, bunday insonlar hayotda omadsizlikka uchraganlarga, mashaqqat chekkanlarga, umuman yordamga muhtoj insonlarga yordam qo'lini cho'zadilar.

Ular o'ziga hos ichki dunyolariga ega, o'zlarini birovga hafa qildirib qo'ymaydilar va qadr - qimmatini nihoyatda yuqori qo'yadilar. Uchunchi qon guruhiga kiruvchi insonlar o'z oldilariga juda katta maqsadlar qo'yadilar va o'zlariga, ichki imkoniyatlariga qattiq ishonadilar.

Bu esa ularning o'zlariga nisbatan shafqatsiz munosabatlarida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi.

4 - qon guruhiga kiruvchi insonlar

To'rtinchi qon guruhiga kiruvchi insonlar

Bu guruhga kiruvchi insonlar tartibsizlikni yoqtirmaydilar. Aynan manashu harakterlari tufayli atrofdagilar bilan tez - tez urushib, baxslashib qoladilar.

Ko'p hollarda o'zlariga ishonmaydilar, birovning muloyimligi, qaramog'i va rag'batiga ehtiyoj sezadilar. Ularning ko'nglini begonalarning etibori va mukofoti, rag'bati to'ldirib turadi.

Ular hizmat vazifalarida ham yomon ishlamaydilar, halol, vijdonli va tartibli insonlarga hos boshqa hususiyatlar ularning kamchiliklarini to'ldirib turadi.