yandex metrika

Tenglik va me'yor haqida maqollar

Tenglik va me'yor haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Avatiga chavati,Qum qozonga - loy tuvoq. Ayol yerdan chiqqan emas,Erkak bolasi.Erkak ko'kdan tushgan emas,Ayol bolasi. Alixo'ja - Xo'jaali. Atlas yamog'i - atlasga,Shol yamog'i - sholga. batafsil...

To'g'rilik, egrilik va o'g'rilik haqida maqollar

To'g'rilik, egrilik va o'g'rilik haqida maqollar to'plami Aybi borning tizi qaltirar. Aybini yashirgan boy bo'lmas. Aytib qilgan o'g'irlikning aybi yo'q. Alishar bo'lsang, chiningni ayt,Qovushar bo'lsang, siringni ayt. Asli qora oqarmas,Asli buzuq tuzalmas. batafsil...

To'y va a'za haqida maqollar

To'y va a'za haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Atala bo'lsa ham to'y bo'lsin. Yomg'ir yog'sa, to'ning ho'l bo'lar,Otang o'lsa, uying cho'l bo'lar. Kafan kiygan ketar,Kebanak kiygan kelar. Kelinning keldisi yaxshi,To'yning bo'ldisi yaxshi. batafsil...

Sog'lik va kasallik haqida maqollar

Sog'lik va kasallik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Bedard yonida gapirsang, boshi og'rir. Bemor o'ziga yoqmagan ovqatga o'ch. Bir kunlik isitmaQirq kunlik kuchni olar. Boylikning boshi - sog'liq. Bola sog'ligi - ona boyligi. batafsil...

Umid va niyat haqida maqollar

Umid va niyat haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Axtargan topar. Bir qiz erga tegsa,Qirq qiz tush ko'rar. Birni bergan yuzni ham berar. Birni eksang, o'nni olasan. Bu yil izi bo'lsa,Kelar yil o'zi bo'lar. Bugun - yupun, ertaga - butun. Buxoro uzoq bo'lsa ham, poygohi yaqin. batafsil...

Urush va tinchlik haqida maqollar

Urush va tinchlik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Beg'alva bosh bosh emas. Bir kun urush bo'lgan uydanQirq kun baraka ko'tarilar.Bir kunlik janjalQirq kunlik rizqni olar. Bugun sizdan, ertaga bizdan. Bo'y - bo'ylab,Teng - tenglab. batafsil...

Vaqt va vaqt qadri haqida maqollar

Vaqt va vaqt qadri haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Avval kelgan ho'kizSuvning tozasini ichar. Avvalgi savdo - savdo,Keyingi savdo - g'avg'o. Barvaqt qilingan harakat,Hosilga berar barakat. Bahorgi beg'amlik - kuzgi pushmonlik. batafsil...

Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Ayrilmagin elingdan,Quvvat ketar belingdan. Badqavm bo'lsang bo'l,Beqavm bo'lma. Baliq suv bilan tirik,Odam - el bilan. Begona tuproq - devona tuproq. Betkay ketar, bel qolar,Beklar ketar, el qolar. batafsil...

Birlik va jamoatchilik haqida maqollar

Birlik va jamoatchilik haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Ayrilganni ayiq yer,Bo'linganni bo'ri yer. Ayrilgan yo'lda qolar,Bo'lingan - do'lda. Baliqning kuni ko'l bilan,Botirning kuni el bilan. Baraka - ko'pchilikda. batafsil...

So'z haqida maqollar

So'z haqida maqollar. Eng sara maqollar to'plami Aytar so'zni ayt,Aytmas so'zdan qayt. Aytilgan so'z - otilgan o'q. Anjom - uy ziynati,So'z - inson ziynati. Ariqni suv bezar,Odamni - so'z. Achchiq savol berib,Shirin javob kutma. batafsil...